Jamiyat
👁 324
OʻRIM-YIGʻIM MAVSUMI BETALAFOT OʻTKAZILDI
Gʻalla oʻrim-yigʻimi davrida Amudaryo tumani yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari gʻallakorlar huzurida boʻlishib, dalalarda yongʻinlar chiqishining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Boʻlinma xodimlarining faollik koʻrsatishlari natijasida qisqa fursat ichida 300 dan ziyod fermer xoʻjaliklarida faoliyat koʻrsatayotgan ishchilar, kombaynchilar, va turli transport haydovchilari bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularga yongʻin xavfsizligining oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.
Bunday saʼy-harakatlar tufayli mavsum davomida koʻngilsiz hodisalarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶