MEN – YoŞLIKMAN!
(Monolog)
Istiqlol yurtining hur avlodiman,
Kelajagi buyuk Vatan dilbandi.
Erk tuğini tutgan uluğ davlatmand,
Uluğ mamlakatning uluğ farzandi –
Orzulari yorqin kelajakman men –
Yoşlikman! Buyuk yurt qurajakman men!
Köhna Xorazmga bir boqing, ana!
Pahlavon Mahmuddan kuç olar dunyo.
Neça yuz millatlar jam bölgan damda,
Vatanim közlarga böldi tötiyo!
Ildizlari teran xalqdirman tengsiz,
Yoşlikman! Ona Yurt poyida Dengiz!
Sarhadlarda bedor keçgan lahzalar,
Mangu jaranglaydi TINÇLIKka qasam.
Şunçalar yoqimli tillar, lahjalar,
Totuvlik taftidan Vatanda haşam!
Millatlar qalbida tuğilgan işqman,
Şu işqdan yaralgan ötli qöşiqman!
Kördingizmi, Yurtda tengsiz evriliş,
Yuz yillik armonlar gullamiş bugun.
“Orol dardi” degan dunyoviy taşviş,
Yeçim topayotir yeçilmas tugun.
Siyosat bobida mardona öktam,
Yoşlikman! Şahdi zör eng dadil qadam!
Prezident beş uluğ imkonni berdi,
Beşta taşabbusga yöl oçdi ravon:
“Ikki million öğil-u qizimiz endi
Sanʼat maskanlarin qilgay oşiyon”
Dunyo sahnalarin zabt etgan onim –
Bolam, deb quvongay Özbekistonim!
Ikkinçi taşabbus – soğlom kelajak,
Sport bilan ötar har bitta kunim.
Soğlik hokim bölsa, el gullayajak,
Mangu baxtga yordir Özbekistonim!
Vatan bayroğini baland kötargan
Kuç-qudrat özimman, qalqon özimman!
Kompyuter ilmini puxta egallab,
Öqib-örganmoqlik – oltin qoida.
Jaholatga qarşi maʼrifat qöllab,
Maʼnaviyat tuğin tutib qölimda,
Oldinga intilib yaşaguvçi mard –
Yoşlikman! Zamonga hamnafas, jömard!
“Har bitta hududga bir million kitob”,
Törtinçi taşabbus mohiyatidir.
Şarh etib yozsang gar barin bobma-bob,
Mağzi barkamollik tarbiyasidir.
Bolajonim, degan onajonimning, –
Bolasiman öktam Özbekistonning!
Ayolga ehtirom hamda eʼtibor –
Beşinçi taşabbus aro mujassam.
Bundayin ğamxörlik, ayting, qayda bor
Zoti karimalar tinç va xotirjam!
Ayolni, Onani asramoq – qarzim,
Vatan oldidagi burç ila farzim!
Vatanim örni bor keng jahonlarda,
Yöl bosib podşohlar neça ming farsah,
Bişkek sammitiga kelgan onlarda
Özbekiston uçun çaldilar qarsak!
Tafakkur dunyosi buyuk Öğlonman –
Yoşlikman! Erk degan uluğ tuğyonman.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶