YoShLAP KUNI BAYPAMI KENG NIShONLANDI
30-iyun kuni Amudaryo tumani markazidagi Istirohat bogʻida yoshlar bayrami tadbiri boʻlib, unda tuman yoshlari vakillari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman hokimligi va tuman madaniyat boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar majmuasi boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Alisher Yuldashevlar soʻzga chiqishib, yoshlarni bayramlari bilan qizgʻin muborakbod etdilar.
Shundan keyin tuman rahbarlari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmani koʻzdan kechirdilar. Yoshlar kuni bayrami tadbirida tuman hokimi S.Yoʻldashev bir guruh faol yoshlarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Yoshlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman madaniyat boʻlimi tomonidan katta bayram kontserti tashkil etildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶