Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida tuman hokimligi mahalliy byudjetdan 10 ta transformator xarid qildi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulugʻbek Mustafoyev boshchiligidagi ishchi guruh yurtimizning eng olis hududlari boʻylab, joylarda elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan ishlarni oʻrganib, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Pespublikasining qator tumanlarida boʻldi. Bu haqda kruz.uz “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
— Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi “2017 – 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra bu borada aniq vazifalar belgilab olingan,— deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulugʻbek Mustafoyev. — Shu asosda Qoraqalpogʻistonda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ayni paytda 339,9 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 173 dan ziyod transformator punktlarini modernizatsiyalash va almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada, 72 ta mahallada yashovchi 1,2 milliondan ortiq aholining elektr taʼminoti yaxshilanib, uzatish va taqsimlashda yuqotiladigan energiya 38,2 million kVt/soatgacha qisqaradi. Eng muhimi, avariyaviy oʻchishlarning oldi olinadi.
Shunisi eʼtiborliki, Qoraqalpogʻistonning koʻpgina tuman hokimliklari ham mahalliy byudjetlaridan aholiga elektr energiyasini barqaror yetkazish borasida oʻz hissalarini qoʻshishmoqda. Xususan, Amudaryo tumani hokimligi tomonidan 10 ta, Qoʻngʻirot tumanida 1 ta, Moʻynoq tumanida 3 ta, Taxtakoʻpir tumanida 2 ta va Shumanay tumani 4 ta transformatorlarni olib berililishi hududda elektr energetikasining rivoji uchun munosib hissa boʻlib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶