DEPUTAT SAYLOVChILAPIGA OʻZ FAOLIYaTI HAQIDA HISOBOT BEPDI
6-iyun kuni Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini binosida 15-Xolimbeg saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdiqodir Tulovmurodovning saylovchilar bilan uchrashuv yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yigʻilishida deputat Abdiqodir Tulovmurodov deputatlik faoliyati toʻgʻrisida oʻz saylovchilariga axborot berdi.

Yigʻilishda saylovchilardan Madrim Saidov, Nasiba Sobirova va Oʻrinboy Yoʻldoshevlar soʻzga chiqishib, deputat faoliyatiga oʻz baholarini berdilar. Shuningdek, saylovchilar ayni kunda Xolimbeg ovuli aholisi uchun qiyinchiliklar paydo qilayotgan qator muammolar – elektr uzatish tarmogʻidagi nuqsonlarni bartaraf etish, oldingi QVP faoliyatini qayta tiklash, ichki yoʻllarni va yop-solmalarni taʼmirlash ishlariga yordam koʻrsatish yuzasidan murojaat qildilar.
Deputat Abdiqodir Tulovmurodov saylovchilar murojaatlari yuzasidan tegishli joylarga deputatlik soʻrovi yuborishini, ovul aholisiga halaqit berayotgan muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam koʻrsatishini maʼlum qildi.
Xosiyat AYTBOYeVA, veb-sayt muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶