XITOY OVULI KEKSALAPI XIVA ShAHPIGA SAYoHATGA OLIB BOPILDI
Yurtimizda keksalarni eʼzozlashga , ularning munosib sharoitlarda yashashi va dam olishini taʼminlashga , keksalik davrini ham oʻziga xos mazmunli oʻtkazishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yaqinda Xitoy ovul fuqarolar yigʻini oqsoqoli Davlatboy Otajonov ovul hududida yashovchi bir guruh keksalarning qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahriga sayohatini tashkil etdi. Sayohatchilar orasida taʼlim va tibbiyot faxriylari, tumanimiz qishloq xoʻjaligi rivojiga munosib hissa qoʻshgan kishilar bor. Ular dastlab Xiva shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sayohatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib , koʻngilli dam oldilar.

Xorazm diyorida oʻzbek milliy sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshib, oʻlmas qoʻshiqlarni meros qilib qoldirgan sohir ovoz sohiblari oʻtishgan.Ularning yaratgan qoʻshiqlarini bugungi avlod vakillari ham sevib tinglaydilar va zavq oladilar. Komiljon Otaniyozov ham ( joylari jannatda boʻlsin!) oʻz qoʻshiqlari bilan xalqimiz qalbida mangu barhayot yashayotgan hofizlardan biridir. Ayniqsa keksa avlod vakillari uning qoʻshiqlarini sevib tinglaydilar, hayotidagi hofizni koʻrish baxtiga sazovor boʻlgan damlarini umridagi eng yorqin lahzalar sifatida qadrlaydilar. Shu boisdan ham xitoylik keksalar oʻzlarining sayohatini Urganch tumanidagi Imorat bobo qabristoniga borib, mashhur hofiz Komiljon Otaniyozov qabrini ziyorat qilish bilan davom ettirdilar.Shuningdek, Shovot tumanidagi yurtdoshlarimiz Ulli pir deb ham ataydigan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida ham boʻlishib, ulugʻ bobokalonimiz haqiga fotiha qildilar.

- Sayohat har birimiz uchun ham juda koʻngilli oʻtdi. Tashkilotchi Davlatboy Otajonovdan juda minnatdor boʻldik,- deydi sayohatchilarning biri Farhod Avezov.
Yurgan- daryo, deydi xalqimiz. Yurtimizning har bir hududida sayohat qilishga arzigulik maskanlar koʻp. Ularni koʻrish , bilish keksa-yu yosh uchun birday zavqlidir.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶