Abituriyentlardan hujjatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali ham qabul qilinmoqda
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlariga bakalavriatga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Pespublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham hujjat topshirishlari mumkin.
Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun EKIH yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki boʻlimga ajratib, birinchi boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi, ikkinchi boʻlimga abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan kiritiladi.
Qarorga muvofiq, 2019–2020-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.
Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, frantsuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
— ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— frantsuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d‘Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Davlat qabul komissiyasining qaroriga koʻra, joriy yilda quyidagi 5 ta OTM uchun hujjatlarni barcha shahar va tumanlardagi DXMlar orqali topshirish mumkinligi belgilandi:
1.Toshkent davlat yuridik universiteti.
2.Qoraqalpoq davlat universiteti.
3.Guliston davlat universiteti.
4.Fargʻona davlat universiteti.
5.Samarqand davlat universiteti.
Ayni kungacha tuman Davlat xizmatlari markazi hujjat topshirgan abituriyentlar soni 850 nafardan ortdi. Hujjatlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
Botir SAIDOV, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶