OBOD QIShLOQDA TAʼMIRLANGAN MAKTAB FOYDALANIShGA TOPShIPILDI
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Beshtom mahallasidagi 24-sonli maktabni 2019-yilgi Investitsiya dasturi asosida 1 mld. 156 ming soʻm evaziga taʼmirlash rejaga kiritilgan edi.
Pejadagi ishlarni “Karimboyev Shahboz” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari oʻz muddatlarida va sifatli ado etishdi.
Shu yil 27-iyul kuni maktabning foydalanishga topshirilishiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tantanada maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilari, ota-onlar, mahalla faollari, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi S.Yoʻldoshev ochdi va barchani yana bir taʼlim-tarbiya maskanida taʼmirlash ishlari olib borilib, oʻquvchi yoshlarning ilm olishlari, sport bilan shugʻullanib, jismoniy chiniqishlari uchun qulay sharoitlar yaratilganligi bilan qutladi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar maktabda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlariga yuqori baho berdi va kelgusida ham yoshlar kamoli yoʻlidagi buningdek saʼy-harakatlar davom ettirilishiga tilakdoshlik bildirdilar.
Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham oz vaqtlar qolayapti. Maktablarning pedagogik jamoalari esa tayyorgarlik ishlarini boshlab borishdi.

Beshtom mahallasida joylashgan 24-sonli maktab esa bu yil oʻquvchilarni oʻzgacha qiyofada qarshi oladi. Shinam va yorugʻ sinfxonalarda taʼlim-tarbiya olish, oshxona, kutubxona, faollar zalida yaratilgan qulay sharoitlar, albatta, oʻquvchilarni xushnud etadi va puxta bilim olishga undaydi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶