Şavkatli şoh, xassos şoir
Zahiriddin Muhammad Bobur. Bu siymo nomini tilga olar ekanmiz, köz oldimizda şavkatli şoh va xassos şoir siymosi gavdalanadi. Boburning hayoti va ijodini örganiş orqali uning şaxsiy fazilatlari haqida yanada kengroq tasavvur hosil qiliş hamda ana şu tasavvur orqali faqat yurtimizda emas, balki butun dunyoda kam uçraydigan şaxsning insoniylik xususiyatlarini avlodlarga yetkazib, ularga Vatanga muhabbat tuyğularini singdiriş har bir ziyolining burçidir.
Bobur bolalik davridan öşa vaqtdagi toj-taxt kuraşlari girdobida qoladi. Neça martalab ajal çangaliga tuşişga oz qolib, taqdir möʼjizalari sababli omon qoladi. Özining ota va ona tarafdan qarindoş bölgan taxt talab amaki va toğalari quvğiniga uçraydi.
Özining kindik qoni tökilgan Andijonga ham ukasi Jahongir Mirzo kiritmay, uning sargardon yurişiga sabab böladi.
Yoş bölişiga qaramay özining mustahkam irodasi, aql-zakovati bilan qiyin vaziyatlardan çiqa olişga, şu bilan birga ijod qilişga, uluğ insoniy tajriba va beqiyos fazilatlar bilan yöğrilgan kitobi - "Boburnoma”ni yozişga imkon topadi. Şuning uçun ham u avlodlar nazarida bu nodir durdonani yaratgan buyuk isteʼdod sohibi sifatida gavdalanadi.
Bobur, zamondoşlarining guvohlik berişiça, öz davrining peşqadam mutafakkiri sifatida xurofotdan, taraqqiyot yöliga ğov taşlaydigan turli bidʼatlardan yiroq bölgan. Şu bilan birga u qalbida hamişa ilohiy nur soçib turgan bir zot bölgan. Ana şu qudratga işonç, uni tan oliş, uning hukmi va adolatiga böysuniş, uning qasosidan hayiqiş - bularning barçasi buyuk jahongirning har bir qadamini qattiq taftiş ostiga olib kuzatib borgan, uni örinsiz xunrezliklar, şariat ahkomlari va davrning ahloqiy qoidalarini buzişdan saqlab kelgan. Şu maʼnoda "Boburnoma” da aks etgan adolat tuşunçasi, adolat tuyğusi ğoyat eʼtiborlidir. Bu tuyğu esa yuqorida aytib ötganimiz öşa ilohiy qudrat bilan boğliq bölib, undan maʼnaviy oziq oladi.
Maʼlumki, Bobur öz qöşini örtasida juda qattiq tartib-intizom örnatgan. Xalqqa nohaq zulm qiladigan, talonçilik bilan şuğullanadigan navkarlarga, askarboşilarga uning nafrati nihoyatda çeksiz bölgan. Boburning nuqtai nazariça, bunday manfur kimsalar muqarrar ravişda laʼnatga sazovor bölib, qasosga uçraşi şubhasizdir.
"Bu yurttin köçib, Qaroboğ yonidagi Oqsaroy ölangiga tuşuldi, - deb sarguzaştlaridan birini hikoya qiladi Bobur. - Xisravşohning eli - kuni zulm va besarliqqa örgangan el, elga zulm qila boşladilar. Oxiri Sayidim Ali Darbonning bir öbdon navkari birovning bir köza yoğini tortib olğon uçun eşikka kelturub tayoqlattim, tayoq ostida - öq joni çiqdi. El bu siyosatdan tamom bosildilar”.
Yoki boşqa bir örinda - Yom navohisida bölgan çoğda röy bergan voqeani söylab, bu kentda aholidan zörlik bilan talab olingan mol-mulkni tongga qadar ega-egasiga qaytarib berişni askarlariga qatʼiy suratda amr qiladi. "Ertasiga, - deb xotirlaydi u, - çerik qölida igna siniğiyu ip uçigaça qolmadi - barini elga qaytarib berildi”. Donişmand saltanat sohibi Bobur hijriy 932-yili maxsus farmon çiqardi. Bu farmonga binoan kişilardan, şahar va qişloqlar, köça va guzarlardan olinadigan soliq - tamğa puli bekor qilinadi. Nazmiy yösinda bitilgan, iqtisodiy muammolar tahliliga bağişlangan risolasi "Mubayyin” da esa u mulkdor guruhlarning beva-beçora, qaşşoq-notavonlarga doimiy ravişda kömak berib turişlarini amr qilgan. Tadqiqotçilarning fikriga köra, bu bilan Bobur mazkur buyruqqa qonun tusini bergan ekan.
Bobur Hindistonda ham adolatli hukm yurgizişga erişdi. Din-mazhab janjallarining oldini olişga, mamlakatda osoyiştalikni örnatişga harakat qildi. Adolatli qonunlar çiqardi, ğayridinlik soliği (juzʼya) ni bekor qildi, ölgan er bilan tirik xotinini birga yoqişni taqiqladi. Mamlakatda obodonçilik işlarini yölga qöydi.
Bobur xalqimizning har tomonlama yetuk, beqiyos isteʼdodli farzandi edi. U ğoyatda notinç, köpinça sargardonlikda, heç kimdan kömak ololmay yurgan paytlarida ham tuşkunlikka tuşmay, zör salohiyati tufayli öz umrini sermazmun qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilan emas, balki ilhomiy onlar bilan ham töla edi. Bobur umr böyi ajoyib şeʼrlar yozdi, devon tartib qildi. "Mubayyin al-zakot” asaridan taşqari 1523 - 1525-yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar” risolasini yozdi. Uning "Harb işi” va "Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgaça topilmagan. U tarjima bilan ham şuğullanib Xöja Ahrorning "Volidiya” asarini şeʼriy yöl bilan tarjima qilgan. "Boburnoma” asari esa faqat özbek adabiyotininggina emas, balki jahon adabiyotining ham nodir namunalaridan sanaladi. Umr böyi körgan-keçirganlari bayon qilingan bu memuar asar tarix, etnografiya, geografiya, tilşunoslik, adabiyotşunoslik va boşqa fanlar uçun ğoyat muhim manba bölib xizmat qiladi.
Bobur özbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn şoirdir. U ona tilida yozilgan şeʼrlarini töplab 1519-yilda Kobulda, 1528-yilda Hindistonda devonlar tuzgan. Kobul devoni hozirgaça topilgan emas. Saqlanib qolgan şeʼrlarining 119 tasi ğazal, 231 tasi ruboiydan iborat, şuningdek, tuyuq, fard, masnaviy, qitʼa, muammo kabi janr namunalari ham bor. Devonning katta qismi ğazallardan iborat bölib, ularning ayrimlari hasbi hol xususiyatiga ega va şoir hayotining muayyan holatiga boğlanadi.
Boburning ğazallarini öqib uning hayotni nihoyatda sevişiga, uning har daqiqasini qadrlaşiga guvoh bölasiz. Şuning uçun u nihoyatda qiyin ahvollarda qolganida ham tuşkunlikka berilmay yaşaşga intildi, izlanişdan töxtamadi, ijodda davom etdi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr ifodalangan jöşqin ğazallar ham, afsus-nadomat aks etgan şeʼrlar ham bor. Bu qarama-qarşilikni esa şeʼrlarning samimiy tuyğularni ifodalaşi birlaştirib turadi.
Boburning insonparvarlik fazilatlaridan biri sifatida şuni körsatişimiz muhimki, u özining katta kuç-qudratga ega bölgan saltanatining vositasi bilan buyuk armoni - Samarqandu Andijon orzusini amalga oşirişga urinmadi. Çunki kindik qoni tomgan yurtlarni eslagan çoği yuragi tutdek tökilib ketadigan jannatmonand viloyatlarda qon tökişni, ota bobolarining muqaddas mozorlarining fil tuyoqlari ostida toptalişini istamadi.
Saltanat sohiblari hamma vaqt ham xavf ostida yaşaydilar. Bobur 1526-yilda Ibrohim Lödiyning onasi malika Bayda tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. Lekin soğligi yomonlaşib, 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi va öz vasiyatiga köra Kobul şahrida dafn qilinadi.
Bobur avlodlar nazarida doimo har qanday şaroitda ham iymon butunligiga,
ruhiyatining barkamolligiga, qalbidagi dilbar hislariga doğ tuşirmay yaşagan
inson sifatida gavdalanadi. Uning boy içki dunyosi gözal taşbehlar orqali, yuksak
badiiy şakllarda ifodalangan şeʼrlari hamişa adabiyot ixlosmandlari tomonidan
çanqoqlik bilan öqiladi. Şoirning "Sözimni öqib anglagaysan özimni” degan
satrlari kelajak avlodlarni öz asarlarida talqin qilingan Vatanga muhabbat
tuyğulari sohibi va insoniyatning ezgu
orzu-umidlarining munosib davomçilari bölişga undayveradi.
Ahmad Nafasov,
faxriy muallim.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶