“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida katta tadbir oʻtkazildi

“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan yoz mavsumida bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sogʻlom turmush talablari asosida tarbiyalash hamda maʼnaviy hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.


4-avgust kuni Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi, Ichki ishlar boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida Mangʻit madaniyat va istirohat bogʻida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida “Bolalarga bering dunyoni!” shiori ostida tuman yoshlari uchun katta tadbir tashkillashtirildi. Yozgi taʼtilda dam olish oromgohlariga qamrab olinmagan bolalarning dam olishlarini yuqori saviyada tashkil qilish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirga Qoraqalpogʻiston Pespublikasi sardorlar Kengashi aʼzolari tashrif buyurishdi.


Loyiha doirasida tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, sardorlar Kengashi aʼzolari ishtirokida ommaviy sport va qiziqarli viktorina oʻyinlari oʻtkazildi.
Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶