Oʻzbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.
Amudaryolik taniqli rejissyor va prodyuser Davlatbek Yuldashevning taklifiga binoan Oʻzbekiston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ubaydulla Omon Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.
6-avgust kuni mehmon tumanimizning Mangʻit shahridagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida boʻlib, oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ubaydulla Omon taʼlim dargohida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, musiqa va sanʼatga ishtiyoqmand oʻquvchilarning ijod namunalari va oʻqish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni tuman Madaniyat va aholi dam olish markazida ham ijodkor bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvga sanʼatkorning muxlislari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Aholi vakillari va yoshlar taniqli aktyorga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar oldilar.


Shuningdek, Qilichboy madaniyat va aholi dam olish markazida ham shu kabi uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuv ham qizgʻin savol-javoblarga boy boʻldi.



Oʻzbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon Qilichboy ovulining Ayoqchi mahallasida tashkil qilingan Otalar choyxonasiga tashrif buyurdi.

Otalar choyxonasiga yigʻilgan nuroniylar xalq artisti bilan bugungi kino va sanʼat olamidagi yangiliklar haqida suhbatlashdilar.

Ubaydulla Omon 7-8-avgust kunlari ham tumanimizda boʻladi. U Ikromjon Siytimov va Davlatbek Yuldashev ishtirokida suratga olinayotgan “Amudaryo” nomli qoʻshiq klipida tasvirga tushadi.
Shuningdek, 7-avgust kuni “Yoshlik” kinoteatrida rejissyor va prodyuser Davlatbek Yuldashev tomonidan suratga olingan “Hasad” filmning premerasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu film 7-avgustdan keyin har kuni soat 19:00da va 21:00 da “Yoshlik” kinoteatrida namoyish qilinadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶