Mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi oʻtkaziladi
Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali maʼlum qilishicha, hukumat farmoyishiga asosan 2019-yilning 15-30-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb eʼlon qilindi. Shuningdek, farmoyish bilan 17-18-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish belgilandi.
Umumxalq xayriya hashari Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan eʼlon qilingan obodonchilik va tozalik oyligi doirasida va Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik arafasida tashkil etiladi.
Hashar doirasida uylar atrofidagi hudud, koʻchalar, bozorlar, xiyobonlar va istirohat bogʻlari tartibga solinadi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar doirasida yangi koʻchatlarni ekish, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, mahalla va turarjoylardagi ariqlarni tozalash, ziyorat va qabristonlar hamda ularning atrofidagi hududlarni tartibga keltirish kabilar amalga oshiriladi.
Bayram arafasida obodonlashtirish ishlari boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etilib, qator madaniy va maishiy inshootlar, yangi savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari foydalanishga topshiriladi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶