14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:10
Adabiyot 👁 2,315

IFTIXOR

IFTIXOR

Mehmonga dil ochib, tutar qoʻshqoʻllab tuz-non,

Har nafas, har makon mehru oqibat ayon.

Mehnati gʻayratidan gul, bogʻ-boʻston har yon

Oʻzbek bir tanti, saxiy xalq, bir shirin zabon,

Har oʻgʻli polvon, har qizi – otini zamon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Xalqim deb yonib yashamoq – dil shioridan,

Zarra ham qolmas Yurtboshi eʼtiboridan,

Har yumush rejasi sobit, barqaroridan,

Kelmoqda mushkulday ishlar ham baroridan,

Ochgusi Borsa Kelmas ham gʻaznasin nihon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Qurigan dengiz oʻrnida choʻllarni koʻrdik...

Farosat, ilmu zakosi moʻllarni koʻrdik,

Ochildi qoʻshni-qardoshga yoʻllarni koʻrdik,

Birlashgan dillarni koʻrdik, qoʻllarni koʻrdik.

Orolning tirilganini koʻradi Jahon!

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Izlab ilm oʻrganmakning eng zoʻr uslub turin,

Bogʻchaga, maktabga, oliy taʼlimga oʻrin,

Yoʻllagan allomalarning fanga shuurin,

Farzandlar boshiga fido, sochguvchi nurin –

Sen oʻzing bir oftob, Oʻzing bir mohitobon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Faxrga arzir – salomat boʻlsa imonim,

Jahonda sahihi Kubro bobokalonim,

Xalqimning manfaati – har bilgan farmonim,

Kun-kundan taraqqiy turmush, odil zamonim,

Xizmatda “Davlat – xalq uchun!” boʻlarkan hamon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Maftundir olam hofizu soz goʻyosiga,

Halvodek meva, zar tuproq, har giyosiga,

Iftixor Magʻribu Mashriq – bor dunyosiga,

Atom ham kelsa xizmatga nur – ziyosiga,

Jahonga koʻz-koʻz boʻlasan – komildir imon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Istiqlol bayrogʻin tutsak qoʻllarda mahkam,

Bergusi bahoni Vaqt – eng Oliy hakam,

Muammo qolmas, yechilur tugunlar kam-kam

Iqboli yoshlarning beshta tashabbusda jam.

Demak bu eng shonli yoʻldir kelajak tomon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

 

Bagʻri keng yurtda birodar hamma millatlar,

Tugalar yulgʻich, poraxoʻr – turli illatlar,

Tinchlik shiorimiz-la topdik shuhratlar,

Barobar barchaga Qonun – mamnun Elatlar

Bosh tik, koʻz tiyrak, til burro, yoʻllarim ravon,

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019