Bosuv mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi
Odamlar bilan muloqot qilish, dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi anglash - ularning manfaatlarini himoya qilishga, ogʻirini yengil qilishga yoʻl ochadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda xalq orasiga kirish, jonli muloqot qilish barcha rahbar xodimlarning vazifasiga aylandi.
Shu yil 16-avgust kuni tumanimizning Bosuv mahallasida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi "Mahalla" Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Tajiboy Pomanovlarning sayyor qabuli oʻtkazildi. Tadbirda tumandagi sektorlar rahbarlari, tuman hokimligi masʼul xodimlari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Xalq bilan muloqotning muhim vositasiga aylanib borayotgan sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafardan ortiq fuqarolarning 35 nafardan ziyodi asosan mahalla hududidan oʻtuvchi yoʻllarni taʼmirlash, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr energiyasidagi uzilishlarga chek qoʻyish, suyultirilgan gaz bilan taʼminlashni yaxshilash, ishga joylashish, farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, moddiy yordam masalalarida murojaat qildilar.





Sayyor qabul jarayonida ikki nafar fuqaroning murojaati shu yerning oʻzida hal etildi, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi. Yechimi maʼlim muddat talab etadigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.




O.Pajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶