28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 22:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 822

ZARBDOR 40 KUNLIK – PAXTAKORLAR UChUN MASʼULIYaTLI DAVR

ZARBDOR 40 KUNLIK –  PAXTAKORLAR UChUN MASʼULIYaTLI DAVR

Qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari paxta hosildorligini oshirishda muhim davr hisoblangan avgust oyida har qachongidan ham eʼtiborli va masʼuliyatli boʻlishga harakat qiladilar. Negaki, bu oy hosil toʻplash va hosilga hosil qoʻshish oyi hisoblanadi.

Bu davrda paxtakor dehqonning gʻoʻza qator oralarini begona oʻtlardan tozalashga katta eʼtibor berishi lozim boʻladi. Chunki begona oʻtlarning koʻpayishi gʻoʻza rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, zararkunanda hasharotlarning koʻpayishiga sababchi boʻlib, koʻsaklar pishib yetilishini kechiktiradi.

Gʻoʻza parvarishida kechiktirib boʻlmaydigan agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tizimli tashkil qilish asosida koʻzlangan paxta hosilini yaratish maqsadida joriy yilning 16-iyulidan 25-avgustiga qadar “Hosilga hosil qoʻshishda zarbdor 40 kunlik” eʼlon qilindi.

Bu davrda gʻoʻza parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish, oziqlantirish ishlarini yakunlash, gʻoʻzani sharbat usulida peshma-pesh sugʻorish hamda kultivatsiya ishlarini tizimli tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

“Hosilga hosil qoʻshishda zarbdor 40 kunlik” davrida tumandagi mavjud gʻoʻza qator oralarini 4-marta kultivatsiya qilish, gʻoʻza zararkunandalariga qarshi kurashni kuchaytirish, har bir gektar maydondagi gʻoʻza uchun 3 tonnadan mahalliy oʻgʻit tashib chiqarish, gʻoʻzalarni 3-marta sharbat usulida sugʻorish, gʻoʻzani chilpish ishlarini yuz foiz tugallash ishlari reja qilingan boʻlib, shu paytgacha ularning ancha qismi toʻla amalga oshirildi.

Ayni kunda gʻoʻza qator oralariga ishlov berishda 365 ta kultivatorlardan unumli foydalanilmoqda. Bu ishlarning amalga oshirilishi tajribali mutaxassislardan tashkil topgan 90 ta otryad tomonidan toʻla nazorat qilib borilayapti.

Xalqimizda “Suv – gʻoʻzaning qoni va joni” degan gap bor. Buning haq gap ekanligini har bir paxtakor juda yaxshi biladi. Shu boisdan ham zarbdor 40 kunlik davrida tumanimizda gʻoʻzalarni sugʻorish ishlariga alohida eʼtibor berilayapti.

Paxtani sugʻorish – asosiy agrotexnik tadbirlardan biri boʻlganligi bois tumanimizda 18 ta sugʻorish otryadlari tashkil etildi.

Mavsum oldidan barcha maydonlarda sugʻorish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida olib borish maqsadida fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam berish uchun suv xoʻjaligi tashkilotlaridan 280 nafar, suv isteʼmolchilari uyushmalaridan 30 nafar xodimlar biriktirildi. Suvchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida dala boshlarida 1017 ta chayla qurildi.

Bugungi kunda tumanda gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorishga alohida eʼtibor berilayapti. Bu ishni amalga oshirishda gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorish tizimini tashkil qilish maqsadida tayyorlangan 3050 ta sharbat handaklaridan unumli foydalanilayapti.

Bugungi kungacha tumanda gʻoʻzalar 3-marta oziqlantirilib, 5-marta biostimulyator bilan toʻliq suspenziya qilindi. Suspenziya qilish ishlarida 46 ta OVXlardan unumli foydalanildi.

Bu yil tumanimiz boʻyicha jami 36450 tonna paxta tayyorlanib, davlatimiz xirmoniga topshirilishi reja qilingan. Har yili oʻz soʻzining ustidan chiqib kelayotgan amudaryolik paxtakorlarning bu yil ham koʻzlagan marralarini egallashlariga ishonchimiz komil.

Qudrat ABDIKALIKOV, tuman hokimligining

Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026