JISMONIY FAOLLIK – UMPNI UZAYTIPADI
Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor-yoʻgʻi 10 foizi tibbiyotga bogʻliq ekan. Demak, sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, chiroyli va baxtli yashash omilidir. Eng muhimi, millat genofondiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Hozirgi urbanizatsiya davrida kamharakatlilik butun dunyoning oʻtkir muammosiga aylanmoqda. Holsizlik, uyquchanlik, uyquning buzilishi, diqqat-eʼtiborni jamlashning sekinlashishi, xotiraning pasayishi, sababsiz charchash hissi, semizlik — bu kabi belgilar har bir kishida uchraydi, lekin kamdan-kam odamlar bu holatlarni kamharakatlilik bilan bogʻlaydi. Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, yiliga chekishdan 5 million, kamharakatlilikdan esa 5,3 million odam hayotdan koʻz yumadi. Ushbu globallashib borayotgan muammoni hal qilishga har birimiz masʼulmiz.
Eʼtiborli jihati, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda koʻp energiya sarflashning hojati yoʻq, ijobiy taʼsiri esa juda yuqori. Yurish organizmning umumiy holatiga taʼsir koʻrsatadi, mushaklarni baquvvat qiladi, suyak toʻqimasini mustahkamlaydi, harakatlarni muvofiqlashtirishni rivojlantiradi. Jismoniy faoliyatning bunday turi harakatning eng xavfsiz turi hisoblanib, uni deyarli har bir kishi — oʻsmirdan tortib, keksa odam ham bemalol bajarishga qodir.
Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta oʻlim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklari ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Yaʼni, haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faol boʻlgan insonlar kamroq harakatlanadiganlarga qaraganda sogʻlomroq ekan. Bundan tashqari, jismoniy faollik natijasida organizmda biosintez jarayoni faollashadi, qon aylanish jarayoni 4-5-marta kuchayadi, yurak qisqarishlari soni tezlashadi, bu esa organizmda yangi energiya hosil boʻlishiga va energiya bilan taʼminlanish yaxshilanishiga olib keladi.

Xalqimizda kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan afzal, degan naql bor. Shu bois, yurtimizda sogʻlom turmush tarziga alohida eʼtibor qaratilayapti. Jumladan, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan ushbu yoʻnalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har haftaning shanba kunlari mamlakatimiz boʻylab ommaviy salomatlik tadbirlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilishi aholining sogʻlom turmush turziga qiziqishini oshirmoqda.
Unutmaylik, sogʻlom turmush tarzi, jumladan, piyoda yurish - salomatlikni mustahkamlaydi, kasalliklardan muhofaza qiladi hamda umrni uzaytiradi. Buning uchun koʻp narsa talab etilmaydi. Shunchaki, yurishni kundalik odatga aylantirsangiz kifoya!
Har shanba kuni jismoniy faollik buyicha tuman Tibbiyot birlashmasi maydonchasida va markaziy oʻyingoxda gimnastrada, faol yurish, velosayr kabi ommaviy tadbirlar oʻtkazilmokda.
Tumanimiz axolisini yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirish maqsadida xar kuni ertalab badantarbiya, faol yurish, velosayr qilish, suvda suzish, oilaviy sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish tadbirlarida faol ishtirok qilishga chaqiramiz!
J.YaVKAShEV, tuman Tibbiyot birlashmasi
Salomatlik markazi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶