Aholini roʻyxatga olish ishlari qanday amalga oshiriladi?
Maʼlumki, Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida aholini toʻliq (100%) roʻyxatga olish oʻtkazilmagan. Bu esa oʻz navbatida, aholi soniga, yosh-jins tarkibi, aholi joylashuvi xususiyatlariga oidmavjud maʼlumotlarni qoʻllashni sezilarli darajada cheklamoqda. Aholini roʻyxatga olish qadimgi Misr, Afina, Rim va Xitoyda paydo boʻlgan. Keyinchalik bu tadbir Yevropa mamlakatlarida ham yoʻlga qoʻyila boshlagan. Endilikda, har bir jamiyatda aholini roʻyxatga olish oʻz geografik joylashuvi va milliy tarkibidan kelib chiqib, kamida har 10-yilda tashkil qilinishi tartibga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, aʼzo-davlatlarni 2020-yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga taaluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishni oʻtkazishni qatʼiy daʼvat etadi.
Shunga koʻra, 2019-yil 5-fevralda “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni tasdiqlangan. Mazkur Farmon, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda roʻyxatga olishni oʻtkazishning maqsadi va asosiy vazifalarini belgilaydi. Aholini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonlarini oʻz ichiga oladi va kelgusi 30 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʻrsatish boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish imkonini beradi. Ahol sogʻligʻini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich oʻtkazilishi moʻljallanmoqda.
Birinchi bosqich 3-yilga yaqin davrda axborot tushintirish ishlarini oʻtkazish, bino, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlash va boshqa tayyorgarlik koʻrish ishlari oʻtkaziladi.
Ikkinchi bosqichda 60 kungacha davrda bevosita aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich materiallarni avtomatlashtirish, kodlash, natijalarni eʼlon qilish va tarqatishni oʻz ichiga oladi.
2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi tuzilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶