TADBIRLARDA MUSTAQILLIGIMIZ MADH ETILMOQDA
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan Prezidentimiz shu yil 8-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilanganidek, “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!”, degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mahallalarda, oʻquv muassasalari bayram tadbirlarini oʻtkazmoqda. Joriy yilning 22-avgust kuni OʻzMTDP tuman Kengashi hamda “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuman boʻlimi hamkorligida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, 7-sonli Maktabgacha taʼlim muassasalarida tadbirlar ham mustaqilligimiz mazmun-mohiyatini, hayotimizda tutgan oʻrinni targʻib etishga bagʻishlandi.
Shuningdek, istiqlolimiz madhiga bagʻishlangan maxsus kontsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida 7-sonli Maktabgacha taʼlim muasasasi xodimlaridan bir guruhi partiya aʼzoligiga qabul qilindi hamda ularga estalik sovgʻalari topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶