XOHISh - IPODASI KUChLI INSON OʻZ OPZUSIGA YeTIShADI
Yana bir necha kundan soʻng mening hayotimdagi talabalik – “oltin davri” boshlanadi. Men 2019-2020 oʻquv yilida talabalik baxtiga musharraf boʻlgan barcha tengdoshlarimni, menga taʼlim-tarbiya berib, oq-qorani tanitgan qadrdon 56-umumtaʼlim maktabim oʻqituvchilari hamda matematika va fizika fani sirlarini chuqur oʻzlashtirishimda menga yaqindan yordam bergan aziz ustozlarimni Mustaqillik ayyomi va Bilimlar kuni bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman.
- Har yili farzandlari oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiraolmagan ota-onalar xuddi oʻylashib olishganday, bitta gapni takrorlashadi.
- Farzandimni yaxshi maktabda oʻqitaolmadim, bilimdon ustozlar taʼlimini olaolmagach, oʻqishga kirolmadi, - deyishadi.
Men bunday fikrda emasman. Menimcha, hamma gap oʻquvchining xohish-irodasida. Oʻquvchi xohlagan fani boʻyicha sabr-bardosh bilan shugʻullansa, qoʻshimcha darslar olsa, albatta orzusiga yetishadi. Intiluvchan oʻquvchini ustozi hamisha qoʻllab-quvvatlaydi.
Men 2018-2019 oʻquv yilida 56-son maktabning 11-sinfini tugatdim. Maktabdagi ustozlarimning har bir darsini qunt bilan oʻzlashtirishga harakat qildim, matematika fani boʻyicha fanlar olimpiadasining tuman, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi hamda mamlakat bosqichlarida muvaffaqqiyatli ishtirok etdim. Boʻsh vaqtimda matematika fani boʻyicha taniqli repetitor, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Azimboy aka Safarboyev va fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamovlardan qoʻshimcha dars-mashgʻulotlarini qabul qildim. Tinimsiz oʻqib-izlanishlarim tufayli 172,1 ball toʻplab, Toshkent iqtisodiyot Universitetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindim. Buning uchun men barcha ustozlarimdan cheksiz minnatdorman. Maqsadim – kelajakda yaxshi mutaxassis sifatida xalqimizga xizmat qilish, mamlakatimiz taraqqiyotiga oʻz hissamni qoʻshishdir.
Biloljon TOʻLIBOYeV, talaba.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶