Tumanda muddatli harbiy xizmat uchun chaqiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda
Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining shu yil 9-apreldagi "Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibi belgilandi. Bu boʻyicha tasdiqlangan nizomga koʻra muddatli harbiy xizmat uchun chaqiriluvchi yoshlarni tanlash va saralash ishlari 10-avgustdan 10-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Tuman hokimining tegishli qarori asosida ushbu jarayon tumanimizda ham boshlab yuborildi.
Chaqiruv mavsumini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida mazkur qaror asosida fuqarolarni muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha tanlov kengashi va tibbiy chaqiruv komissiyasi tuzildi. Qurolli Kuchlarimizning maxsus qoʻshinlariga chaqiriluvchilarni sifatli saralashga qaratilgan barcha tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Tumanda Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari ovul va mahallalarga chiqib, chaqiriluvchilarning oilaviy holati, ijtimoiy ahvolini oʻrganmoqda. Mahalla fuqarolar yigʻinlari va keng jamoatchilik yordamida chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot ishlari olib borilib, muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtash tartiblari tushuntirilmoqda. Tibbiy chaqiruv komissiyasi esa zarur tibbiy jihoz va vositalar bilan taʼminlangan chaqiruv uchastkasida chaqiriluvchilarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, oʻz tavsiya va xulosalarini bermoqda.
Tanlov jarayonida kuniga 50 nafardan ziyod chaqiruv yoshidagi fuqarolar tibbiy koʻrik va sinovdan oʻtkazilmoqda.
Ayni paytda belgilangan normativlar boʻyicha chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrilmoqda va kasbiy tanlovlar orqali bilim darajalari tekshirilmoqda.
Nizomga koʻra, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan chaqiriluvchilar kasbiy tanlov tadbirlariga qoʻyilmaydi. Tanlov yakunida yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilib, chaqiriluvchining Oʻzbekiston tarixi, Amir Temur va boshqa ulugʻ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga oid bilimlari aniqlanadi.
Saralash tanlovlarida har jihatdan barkamol deb topilgan chaqiriluvchilar mavsumdagi yakuniy koʻrik, suhbat va sinovlardan ham muvaffaqiyatli oʻtgach, Qurolli Kuchlarimiz safiga xizmatga olinadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶