Mahallalarda sayyor sud majlislari oʻtkazildi
Aholi oʻrtasida huquqiy targʻibotni kuchaytirish maqsadida sodir qilingan jinoyat va huquqbuzarliklarning aksariyati sudlanuvchining yashash joyidagi mahallalarda sayyor sudlarda koʻrilmoqda. Oʻtkazilayotgan sayyor sud majlislariga keng jamoatchilik bilan birga uyushmagan yoshlar, muqaddam jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ham jalb etilmoqda.
4-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan Oybek nomli mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor sud oʻtkazildi. Sud majlisida shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan sodir qilingan oʻgʻirlik jinoyatiga doir ish koʻrib chiqildi va tegishli jazo tayinlanishi maʼlum qilindi. Undan tashqari, mazkur jinoyatning salbiy oqibatlari, har qanday jinoyat uchun qonun doirasida jazo choralari belgilanganligi keng tushuntirildi.
Shu kuni Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sayyor sudda yoʻl-transport hodisasi boʻyicha jinoyat ishi muhokama qilindi. Ehtiyotsizlik va eʼtiborsizlik oqibatida sodir qilingan ushbu jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi. Taraflar oʻzaro yarashganligi sababli sayyor sudda mazkur ish tegishli tartibda tugatildi.
Ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan sayyor sud majlislari tizimning ochiqligini taʼminlash bilan birga, aholining sud tizimiga, adolatga, davlatga ishonchini oshirishga hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinishiga xizmat qilmoqda.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari
boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶