Harbiylar tashabbusi bilan Durunki mahallasidagi oilalar holidan xabar olindi
Xalqimizda bir-biriga mehr-oqibat koʻrsatish, xayr-saxovat qilish azaliy ezgu odat sanaladi. Ayniqsa, bayramlar arafasida yoshi ulugʻ keksalar, yurtga xizmati singgan fidoyi insonlar, bemor va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, turli sovgʻalar ulashiladi.
Mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan ham ana shunday xayrli ishlar amalga oshirildi.
Bayram arafasida tumandagi DXX chegara postiga qarashli “9202-D” qism harbiylari va chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan Durunki mahallasidagi chegarani qoʻriqlashda jamoatchilik asosida koʻmaklashayotgan yurt fidoyilari va ehtiyojmand oilalar xonadonlariga borildi.
Tuman hokimligi masʼullari, “9202-D” qism harbiylari E.Joʻraboyev, X.Sindarov, mahalla raisi Sh.Jumaniyozovlar ishtirokida tashrif buyurilgan xonadonlarga harbiylar tomonidan tayyorlangan katta sovgʻalar topshirildi.
Koʻrsatilgan gʻamxoʻrlik va eʼtibordan barcha oilalar nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶