Ustozlarimdan minnatdorman
Yurtimizda yoşlarning ilm örganib, iqtidorini oşirişlariga, yuqori marralarni egallab, dunyoga tanilişiga keng yöl oçilgan. Taʼlim muassasalarida öquvçilar mukammal bilim olişlari uçun şaroitlar yetarli.
Men taʼlim olgan 40-sonli maktabda ham töliq bilim oliş uçun barça imkoniyatlar mavjud. Jonkuyar va fidoyi öqituvçilar esa ilm örgatişdan aslo çarçaşmaydi. Tengdoşlarim qatori men ham barça fanlarni çuqur özlaştirişga harakat qildim. Ayniqsa, matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlarga juda qiziqdim. Ingliz tili, rus tilini puxta örganiş maqsadida maktabimizdagi tögaraklarga faol qatnaşdim. Bilimlar bellaşuvida, maktabimizda, tumanda ötkazilgan turli körik-tanlovlarda, jamoat işlarida ham iştirok etib, köp yutuqlarni qölga kiritdim.
Ilm egallaş yölidagi bu harakatlarim besamar ketmadi. Çunki ötgan öquv yili yakunida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi “Prezident maktabi”ga kiriş uçun ötkazilgan imtihonlarda öz bilimimni sinab kördim va sinovlardan muvaffaqiyatli ötdim. Bu yil men uşbu nufuzli maktabning 7-sinfiga qabul qilindim. Bundan nafaqat ota-onam, ular qatori, albatta, ustozlarim ham juda xursand bölişdi.
Şu elda kamolga yetayotgan har bir yoş kabi men ham davlatimizning yuksak eʼtiboridan, ğamxörligidan juda ham minnatdorman. Öz navbatida bor kuç va bilimimni Vatanim istiqboli, uning taraqqiyoti uçun uçun sarf qilişga tayyorman!
Aziz va muhtaram ustozlarimni bayram bilan çin yurakdan qutlayman!
Abror Şukurullayev, Prezident maktabi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶