Korruptsiyaga qarshi kurashish – davr talabi
Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha bir qancha Farmon va qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham yoʻlga qoʻyildi.
Bu boradagi islohotlar amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi. Huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish shart-sharoitlarini istisno etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi Farmonida davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish belgilab qoʻyilgan. Undan tashqari, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirish choralari hamda korruptsiyaning oldini olish mexanizmlarining aniq roʻyxatini belgilash koʻzda tutilgan.
Mazkur Farmon keng jamoatchilik, yoshlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda ushbu illatga qarshi kurashda, har bir sohada korruptsiyaning oldini olishda faollikka chaqiradi. Xususan, Farmonga asosan, 2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat ho¬kimiya¬ti va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqish belgilab berildi.
Tuman hududida joylashgan tashkilot, korxona va muassasalarida tuman Adliya boʻlimi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
A.A.Kutjanov,
tuman Adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶