“Adolat” SDP tuman Kengashi tomonidan oʻquv-seminar oʻtkazildi
Siyosiy partiyalar tomonidan saylov qonunchiligidagi yangiliklar bilan batafsil tanishtirish, samarali saylov dasturini ishlab chiqish, saylov jarayonlariga puxta hozirlik koʻrish maqsadida oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda.
26-sentyabr kuni Qilichboy ovulidagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan oʻquv-seminar oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan partiyaning tuman Kengashi raisi M.Oʻrozboyev mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon boshlanganini, joriy yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlar avvalgilaridan tubdan farq qilishi, Saylov kodeksining ahamiyati, kodeksda belgilangan kuzatuvchi hamda vakolatli vakillarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida gapirdi.
Oʻquv-seminarda qatnashayotgan vakolatli, kuzatuvchi vakillar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarga partiyaning, deputatlikka nomzodlarning targʻibot-tashviqot tadbirlarini mutlaqo yangi usullar, shakllarda tashkil etish kerakligi tushuntirildi. Shuningdek, saylovoldi dasturda belgilangan yoʻnalishlar partiya gʻoyalariga asoslanganligi, elektorat manfaatlarini himoya qilishga, mamlakatimizdagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga yoʻnaltirilganligi haqida maʼlumot berildi.
Uquv-seminarda siyosiy partiyaning nufuzini yanada oshirish haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶