KUZ-QISh MAVSUMI YaQIN, TAYYoRGARLIKLAR QANDAY?
Mana kuz faslining ilk oyi ham orqada qoldi. Hademay, kunlar sovib, uylarda, koʻp qavatli uy-joylarda va barcha korxona, tashkilotlar, ijtimoiy soha obʼektlarida isitish mavsumi boshlanadi. Bu mavsumni koʻngilsiz voqealar - yaʼni yongʻinlarsiz, talofatlarsiz oʻtkazish, albatta, qanday tayyorgarlik koʻrilganiga bogʻliqdir.
Shu boisdan ham tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan tumanimizdagi 49 ta 2 qavatli turar joylarda fuqarolar bilan yongʻinlarning oldini olish yuzasidan suhbatlar oʻtkazilib, qozonxona va oshxonalarda oʻrnatilgan gaz plitalarning yongʻin xavfsizlik qoidalariga javob berish holati koʻzdan kechirildi, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha xonadonlar egalariga tushuntirish ishlari olib borilib, eslatmalar tarqatildi.
Umum taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarida muassasa rahbarlari bilan birgalikda binoda oʻrnatilgan qizdirish qozonxona va pechlarning xavfsizligi xolati koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etilishiga erishildi.
Yongʻinlar asosan fuqarolarning turar joylari, oshxona va molxonalarida sodir boʻlmoqda. Bularga asosan uy egalarining yongʻin xavfsizligi qoidalariga eʼtibosizligi sabab boʻlmoqda.
Yongʻinlar esa davlatimiz, fuqarolarimiz mol-mulkiga ziyon yetkazibgina qolmay, insonlar hayotiga ham xavf solishi mumkin. Demak, yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilish, amal qilish barchaga lozim boʻlgan vazifadir.
M. Yusupov,
tuman YoXB inspektori,
katta serjant

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶