Atrof-muhit musaffoligi hammaga bogʻliq
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ifloslanishining oldini olishga dolzarb vazifa sifatida qaralayotgani bejiz emas. Chunki insoniyat tirikligi ana shu omillarga bogʻliq.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi xodimlari hududni toza saqlash, maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish, aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida koʻpgina chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Ovul va mahallalarda, idora, korxonalarda va oʻquv muassalarida bu borada koʻpgina targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Joriy yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi amaldagi meʼyoriy hujjatlarga amal qilmagani,atrofni ifloslantirgani va chiqindilar toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻygani uchun 11 ta korxona, tashkilotlarga inspektsiyamiz xodimlari tomonidan jarima solindi. 12 nafar fuqaro esa bu boradagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida” gi Kodeksning tegishli moddalariga koʻra 3 mln. 517 ming 355 soʻm miqdorida jarima toʻladilar.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida tumanimizdagi Yangiobod mahallasi, Doʻstlik mahallasi va Qipchoq ovuli,Beshtom mahallasida yigʻilishlar oʻtkazilib, bu boradagi qonunchilik talablari aholiga tushuntirildi.
Maqsadimiz oʻzimiz nafas oladigan havomiz sof,chor-atrof ozoda va sarishta boʻlishiga hissa qoʻshishdir.
I. Kenjaboyev,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
qoʻmitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi
1- darajali inspektori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶