SAYLOV TARGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN OʻQUV-SEMINARI OʻTKAZILDI
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim jarayon - 2019-yilda boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va mahalliy Kengashlarga saylovlarga tayyorgarlik kampaniyasi boshlandi. Ayni kunlarda siyosiy partiyalar tomonidan 2019-yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda aholining faol ishtirokini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining Qarori asosida saylov Kodeksida belgilangan talablar boʻyicha siyosiy partiyaning vakolatli vakili va nomzodlarning kuzatuvchi vakillari toʻgʻrisidagi Nizomlari ishlab chiqilib, saylovchilar oʻrtasida keng targʻib qilinmoqda.
26-sentyabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari tomonidan Qilichboy ovulidagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi saylov qonunchiligiga bagʻishlangan targʻibot oʻquv-seminari oʻtkazildi. Unda keng aholi vakillari, 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi xodimlari ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminarida “Adolat sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Mansur Oʻrozboyev “Oliy Majlis qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy Kengashlarga saylovlarda aholining faol ishtirokini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori tomonidan belgilangan vakolatli vakil va nomzodlarning kuzatuvchi vakillari toʻgʻrisidagi Nizomi haqida” keng va mazmunli maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida 2019-yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan saylovlar avvalgi yillardagiga nisbatan farqli ravishda, saylov qonunchiligiga koʻra, demokratik tamoyillar asosida oʻtishini, unda har bir saylovchining oʻz xohish-irodasini toʻla namoyon etish uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgani xususida saylovchilarga keng tushunchalar berdi.
Shuningdek. M.Oʻrozboyev bu yil boʻlib oʻtadigan saylovlarda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida jamiyatning shakllanishi va demokratlashuvining muhim tarkibiy qismi boʻlgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini izchillik bilan taʼminlash, sud-huquq tizimini isloh qilish, sud hokimiyati hamda advokatura faoliyati mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunlarning tashabbuskori boʻlish va ularni qoʻllab-quvvatlash belgilanganligi haqida aytib oʻtdi.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda siyosiy partiyalarning oʻrni va roli, kabul kilingan yangi taxrirdagi saylov Kodeksidagi uzgarishlar boʻyicha ham tushunchalar berib oʻtdi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶