13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:04
Adabiyot 👁 4,050

Bahodir Xudoyberganov: «Men Sizlarni yaxşi köraman»

Bahodir Xudoyberganov: «Men Sizlarni yaxşi köraman»

Hayot – murakkab, şu bilan birga sir-sinoatlarga töla. Bu hayot böstonida turfa xulq-atvorli insonlar turfa xilda yaşaydilar. Kim uçundir hayot – mol-u mulk, şohona turmuş keçiriş uçun berilgan imkoniyat. Yana kim uçundir el-yurt, ona Vatan kelajagi, baxt-saodati uçun halol va fidoyi mehnat, xayrli taşvişlar bilan yaşaş maydoni. Oqil insonlar hamişa ikkinçi yölni – halollik va fidoyilikni, mehnatsevarlikni tanlaydilar. Ana şu yölda öz baxt-saodat koşonasini tiklaydilar. Bu –xalqqa yaqinlik, yaxşilar hurmat va ehtiromiga sazovor böliş degani.

Taʼbir joiz bölsa, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli yozuvçi va şoir, hamyurtimiz Bahodir Xudoyberganov betakror isteʼdodi, halolligi va fidoyiligi, ayni damda mehnatkaşligi bilan öz xulqini ziynatlagan inson. Nafaqat özi tuğilib ösgan yurt, balki butun mamlakatimiz, hatto qöşni davlatlar miqyosida öz asarlari bilan ming-minglab muxlislari qalbidan joy olib, minglab insonlar hurmat-eʼtiborini qozongan adib. Taniqli yozuvçi bugun tahririyatimizning aziz mehmoni.

- Bahodir oğa, avvalo, tahririyatimizga xuş kelibsiz.

- Rahmat, xuş kördik.

- Öz elingiz, eldoşlaringiz bilan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi orqali uçraşiş, dildan suhbatlaşiş Sizda qanday taassurot uyğotganini bilişni istardim.

- (Mamnuniyat bilan) Juda zör! Men azim Qiliçboy zaminida tuğilib, ösganman. Bu qadim göşa – mening ota makonim. Kindik qonim tomgan aziz tuproq. Har gal Toşkentdan yurtimga oşiqib kelişimning sabablari juda köp böladi. Avvalo, Qoratov bilan Jumurtovga közim tuşişi bilanoq ösmirlik va yoşlik damlarimga guvoh bölgan  ona qişloğimning har bitta giyohini soğinib ketaman. Amudaryoning köprigidan ötayotib ayriça hayajon çulğaydi dilimni. Çunki şu köprikdan ötsam bas, har  bir odamning qiyofasida otamni, onamni körganday, tuğişganlarimning nazarlarini his qilib turaman. Nima qilay, men Amudaryo zaminini, unga qöşib har bir amudaryolikni yurak-yuragimdan yaxşi köraman. Köpçilik döstlarim havas bilan: "Bahodir, senga mazza, poytaxtda yaşaysan, hurmat-eʼtiboring joyida. Biz yuribmiz, qişloqning urpongli yöllarida”, - deyişadi.

Qarang-a, "qişloqning urpongli yöllari...” Axir bu yöllar Vatanning aziz söqmoqlari-ku! Mening tomirlarimga tutaşgan-ku bu yöllar!

- Bilsangiz, ana şu urpongli dala yöllari meni ulğaytirdi. Xalqimni sevişni, uning uçun fidoyilik bilan mehnat qilişni örgatdi, şu yöllar mening yuragimga maʼnaviyatning yorqin nurlarini olib kirdi, jöralar! – deyman.

Bu – Vatan tuyğusi. Bu tuyğu aziz, qadrli. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi orqali men özim sevgan, özim talpingan xalqim bilan suhbatga çoğlanişim esa – Baxt!

- Bahodir oğa, köpçilik yozuvçi yoki şoir deganda adabiyot sohasida öqib, ijod olamiga kirganlarni köz oldiga keltirişadi. Siz esa...

- Tuşundim, "Siz adabiyot yönalişi böyiça tahsil olmagansiz?” – demoqçisiz. Töğri, men 1980-1986-yillarda Toşkent politexnika institutida öqib, muhandislik diplomini olganman. Lekin ijodkor uçun uning qaysi sohada tahsil olişi emas, balki umummanfaatlari yölida qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy işlari muhimroq, deb öylayman. Qolaversa, qonida yozuvçilik, şoirlik iqtidori gupirib turgan odam uçun heç qaçon ijod maydoni begona emas.

- Adabiy davralarda Sizga öta sermahsul yozuvçi sifatida baho berişmoqda. Tinimsiz  ijod bilan şuğullaniş Sizni çarçatib qöyayotgani yöqmi?

- Mening ijodimga ozgina eʼtibordan ham özimni öta baxtiyor his qilaman. Agar meni sermahsul ijodkor, deyişsalar, bundan quvonaman. Albatta, yozganlarim kitobxonlarga manzur bölsa. Boşqalar qanday, bilmadim-u men uçun ijod qilişdan töxtaş – faqirlik. Faqir odamning imkoniyatlari çegaralangan böladi. Agar u ijodkor bölsa, yanayam yomon. Qaynab turgan buloqning töxtab qolişi - eng avvalo buloq atrofidagi nabotot olamiga, qolaversa, şu buloqdan suv içguvçi odamlarga ziyon. Suvsizlikdan qovjiragan giyoh bilan çöllagan odamning holatini bir tasavvur qiling-a! Suvsizlik tabiat uçun ham, inson uçun ham fojia. Aytmoqçimanki, ijodkor – kişi ruhiyatini ezgulik nurlari bilan töldirsa, adabiyot tom maʼnoda xalqni tarbiyalovçi, dunyoni gözallikka boşlovçi qudratga ega. Inson maʼnaviyatining tolmas qanoti ham şu – Adabiyot. Şuni bilib turib, yurak-yuragidan his etib turib ham yozuvçi ijod qilmasligi, unga jon  quloğini tutib, kitoblarini uy töridagi javonda ardoqlab turgan eliga ezgu sözi bilan xizmat qilmasligi mumkin emas. Xulosa şuki, men ijod maydonida faqir bölib qolmaslik uçun öz ustimda tinmay izlanaman, mehnat qilaman, xolos.

- Hozirgi paytda 10-15 yaşar şoir-u şoiralar, yozuvçi-yu adiblar köpayib ketgan. Bu adabiyotga eʼtiborsizlikni yoki yoşlar  ijodiga eʼtibormi bildiradimi?

- Menimça, har ikkalasi ham. Xalqimizda: "guruç kurmaksiz bölmas”, degan  ajoyib hikmat bor. Yaxşi pazanda guruçni kurmaklardan tozalamay turib oşga unnamaydi, töğrimi?  Agar eʼtibor bergan bölsangiz, yaxşi kitoblar heç qaçon kitob rastalarida çang bosib turib qolmaydi. Öşa siz aytayotgan ijodkorlarning kitoblariga kelsak, ularning köpçiligi har xil körik-tanlovlar uçun "maxsus tayyorlangan kitoblar”. Sezişimça, bunday kitoblarni tayyorlaşda hammollik qilayotganlar ham yöq emas. Lekin adabiyot halollik va fidoyilik maydoni. Bu maydonda ot surmoq uçun mohir, kuçli  çavandoz bölmoq joiz. Qolaversa, kuç va mahoratdan, halollik  va fidoyilikdan taşqari, ijodkorda bilim va qatʼiyat bölmasa, sinçkov Adabiyot uni aslo tan olmaydi. Demak, yoşmi, qarimi – özini ijodkor deb bilganlar yozaverişsin. Adabiyot esa özi tanlab, çertib-çertib olaveradi. Axir Adabiyot maydonida adabiy tahlil, adabiy tanqid degan öta murosasiz çiğiriqlar, imtihonlar bor-ku!

- Sizning "Oy nurlari sönmaydi” romaningiz kitobxonlar tomonidan ham, adabiyot ahli tomonidan ham yaxşi kutib olinganini bilamiz. Yaqinda şu romaningizning  ikkinçi naşri sotuvga çiqarildi, oradan heç qança vaqt ötmay, ketma-ket "Qöynimdagi qotil” va "Ayol armoni” romanlaringiz naşr etildi, bu adabiyot olamidagi biznesmi yoki şaxsiy reklamami?

- Heç qaysisi emas! Agar men ijodda biznes yoki şaxsiy reklama haqida öylaganimda edi, allaqaçon milliarder boyvaçça bölib ketardim, bu qölimdan kelardi. Ijodkor uçun xalqning, zukko kitobxonlarning eʼtirofi, hurmat-ehtiromi har qanday boylikdan ham muhimroq. "Oy nurlari sönmaydi” romanim kitobxonlar talabidan kelib çiqib qayta naşr etildi. Undan taşqari, "Oqibat”, "Soğinç”, "Asrangan oltin”, "Taqdir öyinlari”, "Lafz”, "Öqilmagan maktub” kabi 10 ta kitobim naşr etilgan bölsa, ularning barçasi sotilib ketdi. Xalqqa manzur bölgandirki, kitob dökonlari peştaxtalarida turib qolgani yöq. Ana şuning özi menga boylik. Tunlari uxlamay, öz asarlaring qahramonlari bilan hamnafas yaşab, azob-uqubat çekib kitobni tartib etsang-u unga kitobxon qayrilib qaramasa, yozuvçiligingdan ne naf?

- Kitoblaringizga qança gonorar (qalam haqi)  olasiz?

- (Kulib) Mehnatimga yaraşa-da!

- Masalan, "Qöynimdagi qotil” romaningiz 5000 nusxada çop etilgan ekan...

- Bunday köp nusxada çop etilgan asarlarim uçun 5-6 million atrofida qalam haqi berişadi. Nima desam ekan, bu qalam haqi yozuvçining mehnati qoşida heç narsa emas. Tinimsiz öqiş, izlaniş, tunlarni bedor ötkaziş, matn teriş..., to kitob holiga keltirgunça qilinadigan mayda-çuyda sarf-xarajatlarni jamlaganda, bu gonorar heç qanday toş bosmaydi. Yuqorida aytganimday, yozuvçida moddiy manfaatdorlik hissi ustun bölsa, u yozuvçi emas. Bunday ijodkor xalq diliga kira olmaydi. Kemtik köngillarga malham bölgulik söz topa olmaydi u. Hayotdagi maʼnaviy böşliqlarni töldiriş tugul, özi maʼnan bemor böladi uning. Yozuvçi – hayotning sanitari, kişi ruhiyatining muhandisi.

- Şuning uçun ham asarlaringizda nur bilan zulmat oraliğidagi kuraşlar, jaholat va razolat botqoğiga botgan kimsalar bilan halollik va haqiqat sari intilgan insonlar örtasidagi töqnaşuvlar hayotdagiday aks ettirilgan ekan-da! Qahramonlaringizning hayotda prototiplari bormi?

- Töğri, mening qahramonlarimning barçasi maʼlum maʼnoda biz bilan hamnafas yaşagan, yaşayotgan insonlar. Maqsadim, asarlarimni öqigan insonlar hayotdan töğri xulosa çiqarsalar, bu hayotning qadr-qimmatini bilsalar, yaxşilik tomon heç bölmasa, birgina ezgu qadam qöysalar. Ustozlarimiz aytardilar: "Sen elingga mingta söz aytib, boşini qotirma. Birgina, atigi bittagina söz ayt – şu söz elni ezgulik sari tebratsin!”.

Men takror va takror aytaman: men yozuvçiman, qurolim ham, boyligim ham oddiy Söz! Agar muxlislarim mening asarlarimni öqib, ulardan hayotiy xulosalar çiqarsalar, undan ibrat olsalar, demak, mening mehnatim öz qadrini topibdi. Ezgu Sözning elni tebratgani şu!

- Amu elidan yetişib çiqqan taniqli yozuvçining oilaviy hayoti barçani qiziqtiradi.

- Nima desam ekan, barça qatori oddiy özbek oilasining baxtli sohibiman. Vafodor umr yöldoşim, ikki nafar farzandim bor. Toşkent şahrining Sirğali tumanida yaşayman. "Qadriyat” gazetasi tahririyatida boş muharrir örinbosari lavozimida işlayman. Ğurur bilan aytamanki, men aziz Amudaryo elimning Qiliçboy qişloği bolasiman!

- Ijodiy rejalaringiz, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi muştariylariga tilaklaringiz.

- Ijodkorning rejasi ham, orzulari ham köp böladi. Men  şunday bir asar yozsamki, uning har bir satrida Amu böylarining, Qiliçboy boğlarining ajib harorati ufurib tursa, Istiqloldan nur emgan dalalar, taraqqiyot manzaralari bor böyi bilan qad rostlasa...

- Gazeta muxlislariga, aziz el-doşlarimga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni baxş etib, ularni, aziz xalqimni bağrimga bosib qolaman:

- Men Sizlarni juda yaxşi köraman!

- Mazmunli suhbatingiz uçun taşakkur.

- Minnatdorman.

Suhbatdoş Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026