Sardorlar saylovi oʻtkazildi
Yoshlar tashkilotining quyi boʻgʻini hisoblangan umumtaʼlim maktablarida oʻtgan davr mobaynida saylovlar oʻtkazilib, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha sardorlar tayinlandi. Bu vazifaga oʻquvchilar orasidan yetakchilik qobiliyatiga ega, bilimli va faol yoshlar tayinlandi.
Tumandagi 31-sonli umumtaʼlim maktabida shu munosabat bilan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Maktab yetakchisi, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etgan ushbu tadbirda jamoa tomonidan maʼqullangan nomzodlarga 18 yoʻnalish boʻyicha sardorlik vazifasi topshirildi. Maktabning Ittifoq sardorligiga 8-11-sinflardan va “Kamalak” tashkiloti sardorligiga 4-7-sinflardan nomzodlari koʻrsatilgan tashabbuskor va faol oʻquvchilar tayinlandi. Har bir sinfdan ham 9 nafar oʻquvchining nomzodi turli yoʻnalishlar boʻyicha sardorlikka maʼqul deb topildi.

Yangi saylangan sardorlarga vazifalari haqida atroflicha tushuncha berildi va oʻquv yili davomida bajariladigan ishlar boʻyicha tegishli rejalar belgilab olindi.
Shahnoza Xoʻjamurodova, 31-sonli maktab yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶