“Zarbdor”lik fermerlar tumanimizning yuksak xirmoniga 1834 tonnalik hosil bilan hissa qoʻshdi
“Zarbdor” MMTP muhandis texnik xodimlari 23 ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi. Jami fermerlarning 825 gektar paxta dalalariga bahorga chigit ekish mavsumidan to hosilni yigʻib-terib olgungacha boʻlgan barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida, sifatli bajarilgani bois, moʻl paxta hosili yetishtirildi. “Bozorboyev Zafarbek”, “Mahbuba-Malohat”, “Ozodboyeva Durdona” , “Umid Azimxoʻja” fermer xoʻjaliklari shartnomaviy rejalarini oshirib bajardilap. “Zarbdor”lik fermerlar tumanimizning yuksak xirmoniga 1834 tonnalik yuqori navli paxta terib topshirib, munosib hissalarini qoʻshdilar.
Ayni kunda MMTP tarkibidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida 2500 nafar uyushmagan aholi vakillari kuniga har biri 65-70 kilogrammdan paxta terishmoqda.
Tumanimiz paxtakorlarining ulkan gʻalabasida bizning ham munosib hissamiz borligidan mamnunmiz.
Murod ISKANDAPOV, “Zarbdor” MMTP raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶