“Yosh tomoshabinlar” teatri tomonidan bolajonlar uchun ertak tomoshalari namoyish etilmoqda
“Qilichboy” madaniyat markazi drama toʻgaragida tashkil etilgan “Yosh tomoshabinlar” teatrida havaskor yoshlarning isteʼdodlari shakllantirilmoqda. Yosh avlodning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning sanʼatga boʻlgan muhabbatini kuchaytirish maqsadida teatr havaskorlari tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlar uchun ertak tomoshalari ham namoyish etilmoqda.

14-oktyabr kuni tuman Madaniyat boʻlimining rejasiga muvofiq teatr havaskorlari 3-sonli va 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashrif buyurishdi. Ular kichkintoylar uchun ertaklar asosida tayyorlangan “Yaxshiliklar olami” deb nomlangan sahna koʻrinishini ijro etishdi. Bolajonlar ertaklar orqali tanish boʻlgan sevimli qahramonlarining sarguzashtlarini zavq bilan tomosha qilib, madaniy hordiq chiqardilar.
Teatr havaskorlari tomonidan ijro etilgan tomosha muassasa tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda tarbiyachilar va ota-onalarga ham nihoyatda manzur boʻldi.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶