Yosh taekvandochi Gulnoza – Buxoro open musobaqasi gʻolibasi boʻldi
Buxoro shahrida sportning TAYeKWANDO WTF turi boʻyicha Buxoro open musobaqasi boʻlib oʻtdi.
10-13-oktyabr kunlari davomida oʻtkazilgan ushbu musobaqada turli viloyatlardan kelgan yosh sportchilar qatorida tumanimiz sport maktabi jamoasi ham qatnashdi. Sport maktabimizda tajribali murabbiy Oybek Abdullayevdan taekvando usullarini, kurash sirlarini puxta oʻrganib, mahoratini oshirgan sportchilar musobaqa davomida oʻz iqtidorlarini, epchillik va abjirliklarini namoyish etdilar.

Musobaqada 11-13 yoshdagi oʻsmir qizlar oʻrtasida 55 kg. vazn toifasida qatnashgan amudaryolik Gulnoza Ahmedova faxrli 1-oʻrinni egalladi. Shu yoshdagi oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi musobaqada esa 61 kg. vazn bilan qatnashgan Husniddin Ahmedov esa 3-oʻrin gʻolibi boʻldi. Shuningdek, 9-10 yoshdagi sportchilar oʻrtasida oʻgʻil bolalardan Sanjar Kamolov 36 kg. vazn toifasida 3-oʻrin, qizlardan Sabrina Sherimbetova 30 kg. vazn boʻyicha 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
Gʻoliblarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan medallar va sovgʻalar berildi.

O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶