Otabek Pahimboyev – “Yosh bloger” tanlovi gʻolibi boʻldi
Yoshlar taʼlim-tarbiyasini yuqori pogʻonaga koʻtarish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni sport, teatr, musiqa, kitobxonlik, ijodga, boshqa maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etish va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida Yurtboshimiz belgilab bergan beshta tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida yaqinda Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida respublika talabalar festivali oʻtkazildi.
Beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon” shiori ostida oʻtkazilgan respublika talabalar festivalida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalarining eng faol, zukko va iqtidorli talabalari ishtirok etdilar va musiqa, sanʼat, sport, hunarmandchilik, axborot kommunikatsiya texlogiyalari, kitobxonlik, ijodkorlik borasidagi oʻzlarining salohiyatlarini namoyish etdilar.
Ushbu nufuzli anjumanda tumanimizning Qilichboy ovulida tugʻilib oʻsgan, Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 3-bosqichida tahsil olayotgan Otabek Pahimboyev ham ishtirok etdi.
Eʼtiborlisi, u mazkur anjumandan faol ishtiroki uchun “Faxriy yorliq” va “Yosh bloger” tanlovida “Eng yaxshi tahliliy maqola” yoʻnalishi boʻyicha esa birinchi oʻrinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Uch kun davom etgan talabalar festivali yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarning iqtidori, bilimi, intelektual salohiyatini namoyish etibgina qolmay, ular orasida oʻzaro doʻstlik rishtalarini ham mustahkamladi.
Intiluvchan yosh bloger Otabek Pahimboyev erishgan yutuq esa barcha amudaryoliklar uchun faxrdir.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶