7 nafar mahkum shartli ravishda muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi
23-oktyabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimining majlislar zalida Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlarga doir ishni koʻrib chiqish maqsadida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining raisi Sulton Davletmurodov, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Yormuhammedov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligi Probatsiya boʻlimi inspektori Gʻuncha Aytmuratova, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov hamda Probatsiya guruhi xodimlari qatnashdilar.
Majlisda ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan va tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida turgan 7 nafar mahkumga doir ish koʻrib chiqildi. Ular jazo muddatini oʻtash davrida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan shartli ravishda jazodan muddatidan ilgari ozod qilindi va mahkum degan tamgʻalari olib tashlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligi Probatsiya boʻlimi inspektori Gʻuncha Aytmuratova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Ulugʻbek Xudoyberganovlar Probatsiya xizmati qisqa davr ichida shaxsni tarbiyalash, jinoyat koʻchasiga adashib kirib qolgan ayrim kishilarni sogʻlom jamiyatga qaytarishga koʻmaklashishda muhim ahamiyatga ega boʻlayotganini, aniq maqsadli chora-tadbirlar natijasida hisobga olingan nazoratdagi shaxslarning tuzalish yoʻliga oʻtishiga erishilayotgani, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishi holatlari oʻtgan yillarga taqqoslanganda keskin kamayganini aytib oʻtdilar. Yigʻilishda, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova soʻzga chiqib, probatsiya xizmati tomonidan keng jamoatchilik bilan hamkorlikda bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi, natijada nazorat ostidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi oldi olinayotganini, bu esa tumanimizda jinoyatchilikning kamayishiga sabab boʻlayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶