XOʻJALIGIMIZ FAOLIYaTI SERQIRRA, DAROMADI YuQORI
Bizning Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligimiz tuzilishi jihatidan tumanimizning boshqa kishloq xoʻjalik korxonalaridan tubdan farq qiladi.Xoʻjalikning umumiy yer maydoni 16560 gektar boʻlib, shundan oʻrmon bilan qoplangan maydonlar 3286,1 gektar, tutashmagan oʻrmonzorlar 571 gektar, oʻrmon koʻchatxonalari 5,6 gektar, siyrak oʻrmonlar 476,4 gektar, taqir yerlar 6,87 gektar, xaydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 2854,9 gektar, suvli yerlar 2,4 gektar, qumliklar 2449 gektar, boshqa yerlar 6883,2 gektarni tashkil qiladi.
Xoʻjalik Qipchoq, Nazarxon boʻlimlaridan iborat boʻlib, ushbu hududlarda 2019-yilda yangidan 40 gektar yerda urugʻdan ekilib, 25 gektar yerda esa koʻchat oʻtqazilib saksovulzorlar barpo etildi.Urugʻdan 5 gektar maydonga koʻchat yetishtirish belgilangan boʻlsa, shu kungacha 12 gektarga joylashadigan koʻchat yetishtirilmoqda va 2 gektar oʻrniga 2,52 gektar yerga yangidan koʻchatlar oʻtqazilib, bu boradagi reja 126 foizga bajarildi.Shuningdek shu kungacha rejadagi 1040 kilogramm oʻrniga 51096 kilogramm urugʻ tayyorlanib, kelgusi yil ekish mavsumiga shay qilib qoʻyildi.Joriy yilning oʻzida xoʻjaligimizda koʻchat va urugʻ sotishning oʻzidan 420302 000 soʻm foyda olindi. Yaylovlar ham xoʻjalik daromad manbalaridan hislblanadi. Yil boshidan beri hududimizdagi tabiiy yaylovlardan 29 mln.soʻmdan ziyod daromad oldik.
Joriy yil koʻklamida xoʻjaligimizning 12 gektar yeriga ekilgan qishloq xoʻjalik ekinlaridan 4842600 soʻm daromad olinib, rejalar ortigʻi bilan ado etilishiga erishildi. Bulardan tashqari asalarichilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu sohalar ham Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi iqtisodini mustahkamlashga asos boʻlayotir.
gektar ekildi. Keyingi yillarda tsitrus mevalarning iqlimimizga mos koʻchatlarini yaratish va 2019-yilda ihota daraxtzorlarini barpo qilish rejasi 19 gektar boʻlib, amalda ham 19 yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilda bizning xoʻjaligimizda 0,1 ga maydonda issiqxona barpo etildi va limon koʻchatlari oʻtqazilib, parvarishlanmoqda.
Tumanimizdagi qishloq xoʻjalik korxonalariga asalari parvarishlash uchun, koʻchat yetishtirish uchun qutilar yasab berishni yoʻlga qoʻyganimiz daromadlarimiz yana ham oshishiga asos boʻlayotir .Dorivor va ozuqabop ekinlarni yetishtirishga ham eʼtibor berilayapti.
Xoʻjaligimiz mehnatkashlari tumanimiz aholisini moʻl, ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga muhim hissa qoʻshishdan tashqari oʻzimizni qurshab turgan atrof- muhit musaffoligini saqlashga, hududimizning obod va koʻkalamzorzor boʻlishiga erishishdek ezgu maqsadlar yoʻlida mehnat qilayotgan bir paytda hududimizda oʻrmon qonunbuzarligi holatlari ham uchrayotgani achinarli holdir.Joriy yil boshidan beri 23 ta ana shunday qonunbuzarlik aniqlandi va aybdorlardan 10040,6 ming soʻm qonuniy tartibda undirildi.
Bizning asosiy maqsadimiz tabiiy boyligimiz boʻlgan oʻrmonzorlarni koʻz qorachigʻiday asrash,yangi koʻchatlar bilan toʻliqtirish, ochiq maydonlarda xalqimizning dasturxoniga totli meva, sabzavot va poliz ekinlarini tortiq qilishdir.
Maxsud NUREKEYeV, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶