Popuk
(Bölgan voqea)
Öşanda bahorning ilk, kunlari, quyoş tafti yerni qizdira boşlagan payt edi. Uzoq qiş böyi zerikkandan uyga siğmagan bolalar – hammamiz u öyin tamom bölmay, bu öyinga ötişga şoşamiz. Keç tuşib, uyimizdagilar nomma-nom çaqirişga tuşadi. Öyinlar şu qadar qiziqki, hatto dunyodagi eng tansiq taom nomini aytib çorlaşsa-da, garçi qornimiz oç bölsa-da maydonni tark etgimiz kelmaydi.
Şunday kunlarning birida Öğiloy momomga quloğimni teşdirdim. Hozirlab qöyilgan sirğam bölmaganidan ipak ötkazib qöydi. "Qaldirğoç körmasin”, deb irimi uçun uzun popukli qalpoğimni kiydirdi. Çang-ğubor tuşmasligi kerakligini qayta-qayta uqtirdi. Bu qalpoğimni aslida popuklari uçungina yaxşi körardim. Örtoqlarim esa hadeb, popugimdan tortqilagani-tortqilagan. Qoronği tuşib, çopqillab uyga qaytayotsam yelkamga urilib, tebranib turgan popugimning yöqligini sezib qoldim. Uni izlab topay, desam keç bölib qolgan, yo boya tortqilagan bittasi yulib oldimikan? Söray, desam ular allaqaçon tarqalişdi. Popugimmas, bir quloğim tuşib qolganday, şalpayib uyga qaytdim. Meni xomuş körgan onam: - "Ha, bugun urişib tarqalişdingizlarmi? – deb söradi”. "Popugimni yöqotdim”, – dedim tuşkun bir holda. " – Tong otsa izlab körarsan, toparsan, topilmasa ham heç gap yöq. Hayotda nimalarni yöqotmaydi odam. Arzimas narsaga kuyunma”, – deb dalda berdi onam. Aslida men dalda emas, dakki kutgandim. Öçoqqa ötin qalayotgan onamning yuzlaridagi ajinlar olov yoğdusidan aniq-tiniq körinib turardi.
... Kelin bölib tuşganimga ikki kun böldi. Bu mahallaning rasm-rusumlariga köra, qaynyurtdagilarning eng yaqinlariga yangiça ism qöyiş kelinga masʼuliyat yuklar ekan. Meni qanday nomlarkan, deya entikkanlar, içikkanlar böladi. Kuyovimning olti yoşli singlisiga – "Xöş, siz qanday nomlaşimni istayapsiz”, – dedim qiziqsinib. – "Meni otam Popuk deydi, qöşnilar ham, sizam Popuk deyavering” – dedi qiyiq közlari kulib. "Popuk, nega popuk, u nima degani? Axir u tortqilasa tuşib, uzilib qoladigan narsa-ku, masalan, soçpopuk, tolpopuk, döppipopuk...” (Yana, allaqayerlarda muşukni şunday ataydi, demoqçi böldimu aytolmadim). Özimga yoqmasa ham özi istagança, faqat orasira "oy” sözini qöşib çaqiradigan böldim. Menga qarasa, Oyqizmi, Maralmi, Suluvmi...
Tinim bilmagan vaqt işini qildi. Uç farzandli böldim. Popuk ukalariga opa, ukalari unga eş böldi.
Popukning soçlari uzun, beliga tuşar böldi. Yuzlari sutga çayilganday, qoşlari qaldirğoç qanotiday. Simbati siyratiga mos edi. Sözlasa, çeçan, şirinsuxan. Xuşxulq edi. Köpning nazarida yarqiragan yulduzday böldi.
Öşa qiş qahri qattiq kelib faqat tanamizni emas, butun vujudimizni muzlatib qöydi.
– Jengşe, ön sakkizga kiryapman, – dedi bar kuni mahzungina. Böyi böyimdan oşgan şu qizça nahotki öşa Popuk bölsa, hayratlanaman.
Ön sakkizinçi bahorning hali yigirma beşinçitongiginaotgandi,xolos.Qahri qattiq battol qiş ayamadi nozik ğunçani. Popuk, Popukkinamni şum taqdir ne köylarga soldi-ya!? Hayotda nimalarni yöqotmaydi ekan odam! Kimlarni zor qilmaydi, zoriqtirmaydi, intizor kutmaydi ekan. Ilhaq, yöllariga qarab umri sar-ğayar ekan, odamning!
Bot-bot, bolalik öyinlarida yöqotgan popugim yodimga tuşadi. Yurakkinam kuyib-kuyib ketadi. Ikkinçi bor men Popugimni yöqotdim. Bu yöqotiş men uçun umrlik armon böldi...
Tavba!...
Yaşaşga haqli edi,
Hovlimizda gul çaman.
Oralab yurmaysanmi?
Har kun umid qilaman.
Tuşimga kirmaysanmi?
Yoriltoş-yey yoriltoş,
Popugimni körayin.
Qani, dariçangni oç,
Diydorini körayin.
Soçlarini örayin,
Böylarini böylayin.
Diydoriga töyayin,
Diydoriga töyayin...
Şarofat Xolmuradova.
32-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶