SAYLOVGA QIZGʻIN HOZIRLIK KOʻRILMOQDA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga joriy yilning 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadi-gan saylovni yuksak saviyada tashkil etishga mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham alohida tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tomonidan saylov uchastkalari tuzildi. Saylov uchastkalari uchun barcha sharoitlarga ega binolardan joy ajratildi. Barcha saylov uchastkalarida davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyot va qoʻllanmalar, ovoz berish kabina hamda qutilari taxt qilib qoʻyildi.
Tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati saylovini oʻtkazuvchi 30-sonli “Mangʻit” saylov okrugida ham saylovga tayyorgarlik ishlari tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.
Okrug saylov komissiyasi raisi Y.Abdalov, rais oʻrinbosari M.Ibragimov hamda kotib Sh.Yoqubovalar komissiya aʼzolari bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlarini qizgʻin tarzda davom ettirishmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶