“Asldil med” klinikasi el salomatligi uçun hamişa xizmatga tayyor
Tibbiyot faxriysi, tajribali şifokor Yangiboy Saburov el salomatligi yölida 50-yilga yaqin mehnat qildi. Umrini xastalarga şifo ulaşiş, ularni soğlom hayotga qaytarib, salomatligini mustahkamlaşga bağişlagan bu inson yurt xizmatida bölişni, el dilidan joy olişni eng katta baxt deb bildi.
Prezidentimizning 2017-yildagi «Soğliqni saqlaş sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori qabul qilinganligi tibbiyot sohasi rivojiga keng yöl oçdi. Bu borada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida yurtimizda zamonaviy xususiy tibbiyot muassasalari soni köpaydi. Tibbiyot fidoyisi bölgan Yangiboy Saburov ham davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan foydalanib, sifatli tibbiy xizmat körsatişni yölga qöyiş maqsadida aholi ehtiyojiga köra, Qipçoq şaharçasida “Asldil med” klinikasini taşkil qildi.
“Obod qişloq” dasturi doirasida 2018-yilda boşlangan klinika binosining qurilişi bir yil muddat içida tugallandi. Bu binoda 2019-yilning may oyida klinika bilan birga dorixona, oziq-ovqat dökoni ham işga tuşirildi. Kunduzgi, keçki statsionar davolaşga va ambulator qabulga möljallangan mazkur klinikani taşkil qiliş maqsadida “Qişloqquriliş bank”dan 3-yil muddatga olingan 500 mln. kredit hisobidan zarur jihozlar, tibbiy uskunalar keltirildi hamda yangidan 12 iş örni yaratildi. Klinika elektroforez, UZT, eletrokardiograf, darsanval, ingalyator, uqalaş va umurtqa poğonasini çözişga möljallangan maxsus karavotlar, marvaridli va Çortoq sanatoriysidan keltirilgan sertifikatga ega maʼdanli suv vannalari bilan jihozlangan.
Şifo istab kelgan bemorlarga klinikada davolaniş mobaynida 3 mahal parhezli ovqat ham beriladi. Xuşmuomala hamşiralar esa şifokorlar tayinlagan muolaja amallarini öz vaqtida bajarişadi. Şu kunga qadar bu yerda 200 nafardan ziyod bemor kasallikdan xalos bölib, soğlom hayotga qaytdi. Kelgusida klinikada laboratoriya, içaklarni parazitlardan tozalaş xizmatlari körsatiladigan bölimlarni ham taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
Uzoq yillar tibbiyot sohasida mehnat qilib kelgan fidoyi tibbiyot xodimi Yangiboy Saburov va u rahbarlik qilib kelayotgan “Asldil med” klinikasi ham el salomatligi uçun hamişa xizmatga tayyor. Dardlarga darmon bölişni hayotdagi asosiy maqsadi deb bilgan faxriy şifokor Yangiboy Saburov va uning mehnat jamoasini kasb bayramlari bilan qutlaymiz.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶