17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 15:13
Jamiyat 👁 559

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish har bir yurtdoshimizning burchidir. Afsuski, ayrim kishilarning bu oddiy haqiqatni yetarlicha anglamay yongʻin xavfsizligi qoidalariga eʼtiborsizligi tufayli yongʻinlar kelib chiqmoqda.

2019-yil 10 oy davomida tumanimizda 26 ta yongʻin hodisasi qayd qilindi. Bunday katta-kichik yongʻinlar fuqarolarga anchagina moddiy va maʼnaviy zarar keltirmoqda. Yongʻinlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganida uylarda gaz va elektr tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanmasak, yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi ushbu noxush hodisaning asosiy sabablari ekani ayon boʻladi.

Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun har bir fuqaro yongʻinning oldini olishga doir talab qoidalarga amal qilishi, gaz va elektr uskunalaridan toʻgʻri foydalanishi, bolalarni uyda qarovsiz qoldirmasligi, turar joylar, korxona va muassasa binolaridagi isitish qozonlarining oʻchoq hamda pechlarning yaroqliligini, moʻrilari va gaz plitalarning jumraklari sozligini tekshirib, ularni yongʻinga qarshi kurashish jamiyati orqali koʻrikdan oʻtkazi lozim.

Yana bir bora statistikaga eʼtibor qaratilsa, yil davomida yongʻinlarning koʻpchilik qismi fuqarolarning turar joylarida sodir boʻlgani maʼlum boʻladi. Shuning uchun olovdan toʻgʻri foydalanish chora-tadbirlari haqida tushuncha berish, shuningdek, is gazidan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida tuman yongʻin xavfsizligi boʻlimi, favqulodda holatlar boʻlimi va boshqa vakolatli organlar tomonidan aholi xonadonlarida tushuntirish va targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2019-yil 14-oktyabrdagi 150-sonli bayoniga asosan shu kunlarda Respublikamiz boʻyicha is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida maxsus tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlar hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarni inobatga olib, bunday noxush holatlarning oldini olish va aholi turar joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Tumanimizda 4 ta ishchi guruh tashkil qilinib, ular tomonidan oʻtkazilayotgan oʻrganishlar davomida ayrim mahallalarda yongʻin xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotgan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi, Mangʻit shahridagi 3-sonli hamda Qipchoq shaharchasidagi 4-sonli kasbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan tumanimiz hududida tadbir boshlangandan shu kunga qadar 1 ming 834 ta fuqarolarga yongʻinning oldini olish va is gazidan zaharlanishlarning oldini olish boʻyicha keng tushunchalar berildi.

Qolaversa, aholiga oʻrganishlar davomida gaz ballonlaridan, gaz va elektr moslamalaridan xavfsizlik qoidalari talablariga asosan toʻgʻri foydalanish, isitish pechlarining moʻrikonlari sozligini doimiy nazorat qilish, nosoz qoʻlbola va oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanmaslik boʻyicha koʻrsatmalar taqdim qilindi.

Bu kabi tadbirlar sodir boʻlishi  mumkin boʻlgan yongʻinlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019