FHDYo maʼlumotlarini istalgan DXMdan olishingiz mumkin
Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti»ga muvofiq jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tugʻilish, nikoh, nikohdan ajralish, oʻlim, yolgʻiz ona, otalikni belgilash, maʼlumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) maʼlumotnomalarni berish davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
Bundan tashqari, mazkur xizmatlar eksterritorial tarzda koʻrsatiladi. Yaʼni, ushbu FHDYo organlari (FHDYo arxivi) tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni roʻyxatga olingan (propiska qoʻyilgan) hamda yashash manzilingizdan qatʼiy nazar istalgan DXMdan olish imkoni yaratilgan.
Davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan foydalanish uchun markaz xodimi murojaatchi nomidan soʻrovnoma toʻldiradi va soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
• ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma
nusxasi;
• ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;
• ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda — vasiyatnoma;
• marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi. Xizmat koʻrsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Axmedov Oybek Erkinboy oʻgʻli
Tuman Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶