30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 246

Tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida 4815ta tugʻilganlik qayd qilindi

Tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida 4815ta tugʻilganlik qayd qilindi

Oila – insonning hayoti, faoliyati, bir soʻz bilan aytganda, butun umri chambarchas bogʻliq holda kechadigan moʻʼtabar maskan. Mamlakatimizning yuzdan ziyod qonun va qonunosti hujjatlarida oila manfaati va uning himoyasini mustahkamlash nazarda tutilgan. Jumladan, 1998-yilda qabul qilingan Oila kodeksida nikoh tuzish yoki nikohning tugatilishi, mulkiy, bolalarning nasl-nasabini belgilash, aliment majburiyatlari, tugʻilishni, nikoh tuzilganligi, oʻlimni qayd etish, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish kabi munosabatlar tartibga solingan.

Nikoh – erkak va ayolning oila tuzish maqsadidagi ixtiyoriy va teng huquqli ittifoqi. U er-xotinning oʻzaro huquq va burchlarini vujudga keltiradi.

Amudaryo tumanida har yili 2 mingdan ziyod nikoh qayd qilinadi. Ularni tuzishda majburiy tusdagi muayyan yuridik rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab etiladi.

Qonunda nikoh tuzishning tartibi belgilangan. Oila tuzishga qaror qilgan shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (FHDYo) organlariga ariza beradi. Nikoh ariza berilganidan keyin bir oy oʻtgach, nikohdan oʻtayotgan shaxslarning bevosita ishtirokida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Vakil orqali nikoh tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikoh FHDYo organlarida qayd qilinmaganda nikohga kiruvchilar oʻrtasida huquqiy munosabatlar yuzaga kelmaydi.Necha yoshgacha nikohga kirish mumkinligi qonun tomonidan chegaralanmaydi.

Nikohdan oʻtayotgan yoshlarimiz qonunda belgilangan tartib va qoida asosida nikohdan oldin belgilangan shartlarni amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Nizomga asosan turmush qurayotgan yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtishi majburiy qilib belgilangan. Nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi.

Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi tomonidan aholiga 2023-yil davomida tugʻilganlikni qayd etish, nikohda turmagan ota-onalardan tugʻilgan chaqaloqlarga otalikni belgilash, yangidan tuzilayotgan nikohlarni qayd etish, yolgʻiz onadan tugʻilgan bolalarga tugʻilganlik haqida guvohnomalar berish borasida oʻz vaqtida zarur huquqiy xizmatlar koʻrsatildi.

Xususan, tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida 4815ta tugʻilganlik qayd qilinib, shundan 5 nafari oʻz muddatida tugʻilishi qayd qilinmagan bolalar boʻlib, qoʻshimcha hujjatlar toʻplanishida amaliy yordam koʻrsatildi va tugʻilganligi qayd qilinib, guvohnomalar berildi.

Nikohda turmagan ota-onalardan 2023-yilda tugʻilgan 138 nafar bolaga otalik belgilanib, oʻtgan 2022-yilga nisbatan 24taga, yolgʻiz onadan tugʻilgan 52 nafar bolalarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar berilib, bu boʻyicha holat oʻtgan yilga nisbatan 11taga kamaydi.

1469ta nikoh qayd qilinib, shundan 1289tasi yosh oilalardir. Sayyor ravishda oʻtkazilgan nikohlar soni esa 256tani tashkil qiladi. 2023-yilda nikohdan ajralish 131ta boʻlib, oʻtgan 2022-yilga nisbatan ajrimlar soni 35taga kamaydi. Boʻlimga jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami 280ta murojaatlarga tegishli ravishda huquqiy tushuntirishlar berildi. Minsk Konventsiyasi asosida kelib tushgan murojaatlar boʻyicha 64 nafar fuqaroga MDH davlatlaridan guvohnoma va maʼlumotnomalar olishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Fuqarolarga koʻrsatilgan huquqiy xizmatlar natijasida jami 219 mln soʻm davlat boji, 249 mln soʻm gerb yigʻimi, 162 mln soʻm pulli xizmat koʻrsatildi.

M.EShMURADOVA, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026