Amudaryoda 2 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mahalliy mahsulotlar xorijga eksport qilindi
Mamlakatimizda eksportga mahsulot yetkazib berishni koʻpaytirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini, moliyaviy barqarorligini oshirish hamda shu orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soha boʻyicha qabul qilinayotgan tegishli qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar respublikamiz eksport salohiyatining sezilarli darajada kuchayishiga, mahalliy mahsulotlar eksporti nomenklaturasi kengayishiga muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Tumanimiz eksport rejasi mazkur yilda 1 mln. 969 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan boʻlib, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 1 mln. 727 ming AQSh dollarini, meva-sabzavotlar mahsulotlari eksporti 242 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Oʻtgan davr mobaynida noyabr oyiga qadar belgilangan 1 mln. 644 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport rejasi 2 mln. 18 ming AQSh dollari miqdorida, 122, 7 foizga bajarildi. Sanoat mahsulotlari eksporti doirasida tumandagi “Aziya Silk” shoʻʼba korxonasi tomonidan 895,5 ming AQSh dollari miqdorida ipak tolasi, “Jumurtov” MChJ tomonidan 232 ming AQSh dollari miqdorida sheben va shagʻal toshlar eksport qilindi. Shuningdek, “Jayxun lakritsa” shoʻʼba korxonasi tomonidan 51,8 ming AQSh dollari miqdoridagi qizilmiya ildizi eksportga joʻnatildi. Undan tashqari, “Abdikodi Pizzo” MChJ tomonidan 154,9 ming, “Mangʻit invest plyus” MChJ tomonidan 290,5 ming, “Sobir allak Gulmirza” MChJ tomonidan 24,7 ming, “KK mahsulotlari” MChJ tomonidan 112,2 ming, “Sapartayev Baxodir Shomuratovich” MChJ tomonidan 102,8 ming, “Mangit amu briket” MChJ tomonidan 99,4 ming, “Imom nur ziyo” MChJ tomonidan esa 232 ming AQSh dollari miqdorlaridagi meva-sabzavot mahsulotlaridan ham eksport qilishga erishildi.
Tumanimizdagi tadbirkorlik subʼektlariga yaratilgan shart-sharoitlar, yetarli imkoniyatlar ularning eksport salohiyati yanada oshishini taʼminladi va bu boradagi belgilangan rejaning ortigʻi bilan bajarilishga mustahkam zamin boʻldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶