“Mahalla – mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Har yili oʻtkazib kelinayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining maqsadi yoshlar oʻrtasida tarixiy xotira, yuksak maʼnaviyat, oʻzbek xalqining tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqilligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish kabi fazilatlarni shakllantirish, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash uchun avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishdan iborat.
Har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, taʼlim muassasalarining, mahalla institutining oʻrni va ahamiyati katta.
“Mahalla – mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining Amudaryo tumani mahallalararo saralash bosqichi 4-10-noyabr tumanning 4 ta hududida oʻtkazildi va unda 49 ta fuqarolar yigʻini jamoalari ishtirok etdi.
Tanlovning saralash bosqichlarini tuman tashkiliy qoʻmitasi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari, “Mahalla” fondi va hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” jamoat kengashi aʼzolari, tumanda turli sohalarda mehnat qilayotgan mahalla faollari, faxriy mehnat xodimlari kuzatib bordilar. Tanlovlarda 4 ta shart asosida hududlar boʻyicha eng namunali fuqarolar yigʻinlari jamoalari aniqlandi. Natijalarga koʻra, tanlovning saralash bosqichlarida 6 ta fuqarolar yigʻinining jamoalari tanlovning tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.
20-noyabr kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat makabi binosida tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. 5 nafar hakamlar hayʼati 2 ta shartni adolatlilik, oshkoralik tamoyillari asosida baholadilar.
Tanlovning 3-sharti insholar tanlovi xam soha boʻyicha bilim va tajribaga ega boʻlgan hakamlar tomonidan baholab borildi. Tanlovda 5 nafar ishtirokchi belgilangan mavzular asosida 2 soat davomida 2 nafar oʻqituvchi nazoratida insho yozdilar va mazkur ijodiy ishlar 10 ballik tizimda baholandi. Natijalar tanlov yakunida eʼlon qilindi.
Hakamlar hayʼati xulosalariga koʻra 1-oʻrinni "Jumurovul" mahallasining "Bobur yoshlari" jamoasi, 2-oʻrinni "Xizr eli" maxallasining "Kelajak" jamoasi, 3-oʻrinni "Xitoy" ovulining "Barkamol avlod" jamoasi egalladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Aytish joizki, tanlovda ishtirochilarning oʻz mahallalari haqida, yoshlarning jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol boʻlib voyaga yetishlarida mahallaning oʻrni, “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligining ahamiyati toʻgʻrisidagi bilimlari yana bir bora sinovdan oʻtkazildi.
Shuningdek, tanlovda sanʼatkorlarning, xususan musiqa va sanʼat maktablari, umumtaʼlim maktablari iqtidorli oʻquvchilarning chiqishlari tashkil etilib, tadbir bayramona ruhda oʻtkazildi.
Gʻoliblar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tuman Kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi va hamkor tashkilotlarning faxriy yorliklari, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Iroda Erdosheva, jamoatchi muxbir

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶