DAVLAT XIZMATLAPI MAPKAZI JOYLAPGA ChIQQAN HOLDA PULLIK EKSPPESS XIZMATLAP KOʻPSATMOQDA
Endi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yanada kengroq qulayliklar yaratish maqsadida joylarga chiqqan holda ekspress-xizmatlar koʻrsatish yooʻlga qooʻyilmoqda. Ushbu yangi xizmat turi Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevralda eʼlon qilingan “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi Qarori asosida va unga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom asosida tashkil etildi.
Ekspress-xizmatlar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga koʻra, murojaat etuvchining manziliga chiqqan holda kooʻrsatiladi.
Ekspress-xizmatlardan foydalanish murojaat etuvchilar uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Mazkur xizmat turlariga maxsus blanka rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlat xizmatlari, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun hujjatlarni qabul qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasiga koʻra tayyorlangan hujjatlarni murojaat etuvchi koʻrsatgan manzilga yetkazib berish kabilar kiradi. Murojaat etuvchi ekspress-xizmatdan barcha shaklda foydalanishi yoki ulardan birini tanlashi mumkin.
Ekspress-xizmatlar nogironligi boʻlgan shaxslar va borish qiyin boʻlgan hududlar aholisiga Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan jadvalga asosan bepul koʻrsatiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tegishli tarzda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar asos boʻladi. Murojaat yakka tartibdagi yoki jamoaviy murojaat koʻrinishida boʻlishi mumkin. Yakka tartibdagi murojaat jismoniy yoki yuridik shaxsnning oʻzi uchun, jamoaviy murojaatda ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning ikki yoki undan ortiq xodimlariga ekspress-xizmat koʻrsatish koʻzda tutiladi.
Ekspress-xizmat uchun toʻlov jismoniy shaxslar tomonidan markaz xodimi, bank kassasi va elektron toʻlov tizimlari orqali, yuridik shaxslar tomonidan pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki korporativ plastik karta orqali amalga oshiriladi.
Murojaat etuvchi ekspress-xizmatni olish uchun markazga shaxsan oʻzi kelib, telefon, veb-sayt yoki Telegram-bot orqali murojaat qilishlari mumkin.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasiga koʻra, tayyorlangan hujjatlarni murojaat etuvchi koʻrsatgan manzilga yetkazib berish murojaat etuvchining ixtiyoriy tanloviga asosan tezkor va boshqa pochta xizmatlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Sanjarbek Jumaniyozov,
tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶