XALQAPO BAGʻPIKENGLIK KUNI MUNOSIB NIShONLANDI
Butun dunyoda boʻlgani kabi tumanimizda ham 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni keng nishonlandi. Ushbu sana munosabati bilan oʻquv muassasalarida, mahallalarda millatlararo, dinlararo totuvlik mavzularida tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazildi.
Tumanimizdagi 60-sonli maktabda ham Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda maktab oʻqituvchilari hamda 5-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Pespublikalari davlat madhiyalari bilan boshlandi.
Shundan soʻng, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbsoari B.Xudoyberganova xalqaro bagʻrikenglik kunining dunyo xalqlari hayotida tutgan oʻrni, mamlakatimizda olib borilayotgan bagʻrikenglik siyosati haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi va Xitoy faylasufi Konfutsiyning insoniylik haqidagi qimmatli fikrlaridan iqtiboslar keltirib, mazmun-mohiyati haqida oʻquvchilarga tushunchalar berdi.
Tadbir davomida mamlakatimizning dinlararo va millatararo bagʻrikenglik siyosati slaydlar oqrali namoyish etildi.
Mamlakatimizda yashovchi barcha millat vakillari teng huquqli ekanligi, oʻzaro hurmat va ehtirom, mehr-oqibat oʻzbek xalqiga azaliy qadriyat boʻlibgina qolmay, intellektual meros ekanligi haqidagi oʻquvchi-yoshlarning maʼruzalari tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.
“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida oʻtkazilgan Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik tushunchalarini mustahkamlab, insoniy munosabatlarni ulugʻlash tuygʻularini yanada mustahkamladi.
B.Xudoyberganova, 60-sonli maktab direktori oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶