DEPUTATLIKKA NOMZODNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI
Shu yilning 24-noyabrida Mangʻit shahrining Gulzor mahallasida Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshod Yusupovaning ushbu mahalladagi saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi M. Saʼdullayev soʻzga chiqib, saylovchilarga partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad - vazifalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi va saylovchilarni partiya nomzodlariga yakdillik bilan ovoz berishga chaqirdi. Shundan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzod G.Yusupovaning ishonchli vakili , tuman Tibbiyot birlashmasi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri J. Yavqashev saylovchilarni nomzodning tarjimai holi , mehnat faoliyati bilan tanishtirdi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga munosib ekanligini taʼkidlab, saylovlar kunida unga ovoz berishga chaqirdi.
Saylovchilar deputatlikka nomzod Gulshod Yusupovaning saylovoldi dasturini qiziqib tingladilar, qonun ijodkorligi, Parlament va jamoatchilik, shuningdek, saylovchilar bilan ishlashish sohalarida amalga oshirishni rejalagan ishlariga ulkan xayrixohlik bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvi saylovchilarning faolligida oʻtdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶