TOʻYLAR, MAʼRAKALAR – MAʼNAVIYaTIMIZ KOʻZGUSI
Toʻy! Bu farzand dunyoga kelganidan boshlab ota - onaning u haqdagi orzu - armonlarining ijobati , desak adashmagan boʻlamiz.Farzandini odobli, bilimdon, sogʻlom va barkamol qilib voyaga yetkazishni, toʻylarini, yaxshi kunlarini koʻrishni orzu qilmaydigan, shu niyatda yelib yugurmaydigan ota - ona bormikan?
Afsuski keyingi yillarda buningdek pok orzular ijobati – toʻylarni ayrim maʼnaviyatsiz fuqarolar boyligini koʻz - koʻz qilish minbariga aylantirib yubordilar. Uzatilayotgan qizning sepiga, yigit tarafning bergan qaliniga qarab, toʻyning qaysi toʻyxonada, qaysi xonanda ishtirokida oʻtkazilishiga qarab, qancha odam va kimlar qatnashganiga qarab ota-onalar himmatiga baho beriladigan boʻldi. Baʼzilar qurbi yetmasa-da , eldan kam boʻlmasin, bolalarim oʻksimasin, deb qarzga botib qolishmoqda.
Endilikda turmush osoyishtaligiga va jamiyatimiz ravnaqiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan buningdek illatlarga barham berish maqsadida shu yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qoʻshma qaror qabul qilgan edi. Ushbu qarorga muvofiq qabul qilingan Nizomda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibi, ushbu qoidalarga boʻysunmaganlarga qoʻllaniladigan choralar belgilab berilgan. Bu tartib 2020-yil 1-yanvardan amal qila boshlaydi.
Toʻy - marosimlarni oʻtkazishdagi kamchiliklarga barham berish, bu borada qabul qilingan qoʻshma qaror va Nizom mazmun- mohiyatini aholi orasida keng targʻib qilish maqsadida tumanimizda tuzilgan ishchi guruh har bir mahalla va ovulda yigʻilishlar oʻtkazmoqda. Buningdek tadbirlarga mahalla va ovullar oqsoqollari, koʻchaboshchilari, shuningdek elda obroʻ - eʼtiborli kishilar , hoji otalar, hoji onalar taklif etilib, ularning hayotiy tajribalari, xulosalari asosida aholiga qaror va nizom talablari keng tushuntirilmoqda.
Shunday yigʻilish 27-noyabr kuni tumanimizning Namuna va Toryop mahallalarida ham oʻtkazildi. Targʻibot tadbirida ishchi guruh aʼzolari - Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi oʻrinbosari Madamin Kazakov, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekmon Allaberganov, “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshod Yusupovalar qatnashdilar va kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruza qildilar.
Toʻylar va maʼrakalarni tartibga solish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishlarda aholi ham faol oʻz fikrlarini bildirdilar va bu borada qabul qilingan qoʻshma qaror, Nizomni qizgʻin qoʻllab- quvvatlashini taʼkidladilar. Chunki toʻylar, oilaviy tantanalar va maʼrakalar xalqimiz hayotining koʻzgusidir.Bu koʻzguga ayrim milliy urf - odatlarimizga bepisand qaraydigan, dabdabali toʻylar orqali obroʻ orttirishga uringanlar endi rahna sololmaydilar.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶