Dzyu-do kuraşi fidoyisi
Barçamizga maʼlumki, mustaqillikka erişgan kunimizdan buyon mamlakatimizda sportga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sababi, biz soğlom bölib voyaga yetişimiz uçun sport katta ahamiyat kasb etadi. Soğlom böliş uçun esa, albatta, sport bilan şuğullaniş darkor. Yoş sportçilarni dunyoga tanitiş, sport sirlarini örgatiş uçun esa yaxşi va tajribali murabbiy kerak. Bunday tajribali va malakali ustozlarimizning mehnati tufayli şogirdlari köplab musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritib, Vatanimiz bayroğini köklarga kötarmoqda.
Tumanimizda ham tajribali murabbiylar talaygina. Bunday murabbiylardan biri Pölat Kumekov. U hozirgi kunda 2-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabida dzyu-do kuraşi böyiça 1-toifali murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. U dzyu-do kuraşi böyiça barça sirlarni ustozi Bahrom Qurboniyozovdan örgangan. Uning bevosita rahbarligida tuman va Respublika birinçiliklarida bir neça bor ğoliblikni qölga kiritgan. Jumladan, 2002-yilda ketma-ket Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligida, Qoraqalpoğiston Respublikasining oçiq birinçiligida 1-örinni, şuningdek 2003-yilda ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasining oçiq birinçiligida, 2006-yilda esa kuraş böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligida, 2013-yil 4-5-may kunlari murabbiylar örtasida dzyu-do kuraşi böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda doimiy ravişda 1-örinni qölga kiritgan. Hozirgi kunda bu tajribali ustozimiz dzyu-do kuraşi sirlarini öz şogirdlariga örgatmoqda. Uning barça şogirdlari ustozi yölidan borib, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritib, medallar bilan taqdirlanib kelişmoqda. Pölat Kumekov kasbdoşlari, jamoasi, tuman sportçilari orasida talabçanligi, bolalarga ğamxörligi, töğrisözligi tufayli katta obröga ega. Hozirgi kunda ham Pölat Kumekov öz jamoasi bilan navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik körmoqda. Biz Pölat Kumekov va uning jamoasiga kuç-quvvat va kelgusi işlariga omadlar tilab qolamiz.
Qunduzoy YuSUPOVA,
16-sonli ixtisoslaştirilgan umumtaʼlim maktabi öquvçisi.
(Foto - http://judo.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶