28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:14
Jamiyat 👁 5,721

AYoL QADRI - MILLAT QADRIDIR

AYoL QADRI - MILLAT QADRIDIR

Mana, ona tabiatimizga oʻzgacha zeb beruvchi uygʻonish, yasharish fasli - bahor hukmronligi boshlandi. Har birimizni bahoriy joʻshqinlik, bunyodkorlik ishlariga ishtiyoq, mehr-oqibat, oʻzaro hamjihatlik kabi ezgu amallarga chorlaguvchi koʻklam bayramlar fasli boʻlganligi bilan ham qadrlidir.

Yurtimizda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni oʻzgacha shukuh bilan nishonlanadi. Bu dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan, aqlu zakosi ila dunyo ilm-faniga asos solgan buyuk bobokalonlarimizning munosib izdoshlarini tarbiyalab, voyaga yetkazayotgan onaxonlarimizga, har jabhada oʻz qobiliyat va intellektual salohiyatlarini ishga safarbar etayotgan ayollarga, ilm, kasb-hunar sirlarini qunt bilan egallayotgan qizlarimizga hurmat-ehtirom ramzidir.

Bayram munosabati bilan oʻquv muassasalarida, mehnat jamoalarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ham jamiyatimizda xotin-qizlarning tutgan oʻrniga yuksak baho berilmoqda, onaxonlarimiz, dilbar qizlarimiz shaʼniga eng ezgu tilaklar aytilmoqda.

Yaratganning buyuk moʻʼjizasi sanalmish ayol – butun umrimizga mazmun baxsh etuvchi, hayot yoʻlimizni yorituvchi chiroqdir. Ayol – ezgulik, mehr-muhabbat, sadoqat timsolidir. Bu taʼrifni ado qilib boʻlmaydi.

Odamzot ongli hayot boshlagan kundan beri insoniyat ayol zotini sevib, ardoqlab keladi. Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob fazilatlardan biridir.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Yurtimizda ayollarning jamiyatdagi oʻrni va roliga yuqori baho berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari hamda sogʻlom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, birinchi navbatda, sogʻlom bola tugʻilishi va uni tarbiyalash, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda.

Mamlakatimizda ayollarni himoyalashga qaratilgan 80 ga yaqin milliy va xalqaro hujjatlarning qabul qilinganligi, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan "Sogʻlom bola yili” Davlat Dasturida ham sogʻlom bola tarbiyasida oilaning va ayolning oʻrnini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangani, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va oilani mustahkamlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish, ularning davlat va jamiyat qurilishidagi keng ishtirokini taʼminlash boʻyicha 2013-2014-yillarga moʻljallangan Harakat Dasturining qabul qilinganligi fikrimizning dalilidir.

Mana shunday yuksak eʼtibor bois bugungi kunda yurtimiz ayollari oilada uy bekasi, mehribon ona, farzand tarbiyachisi, jamiyatda esa oʻz oʻrniga ega toʻlaqonli shaxs, malakali mutaxassis sifatida faol ishtirok etmoqdalar.

Bugungi kunda tumanimiz aholisining 88,3 ming nafarini xotin-qizlar, shulardan 28659 nafarini 16 yoshgacha boʻlgan qizlar tashkil etadi. 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar 51503 nafar boʻlib, shulardan tumanimizdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida 4091 nafar qizlar taʼlim olmoqda.

Xalq taʼlimi tizimida esa 2967 nafar ayollar samarali mehnat qilishmoqda. Shuningdek, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, sogʻlikni saqlash, qishloq hoʻjaligi, sanoat, bank-moliya va shu kabi turli sohalarda ham tumanimiz ayollari samarali mehnat qilmoqdalar. Tumanimizda tadbirkor ayollar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Ayniqsa xotin-qizlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar natijasida koʻpgina xotin-qizlarning bandligi taʼminlanayotganligini alohida atab oʻtsak arziydi. Oʻtgan yilda 250 dan ziyod xotin-qizlar bank kreditlari hisobiga oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishdi. Bunda kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlariga berilayotgan imtiyozli kreditlar alohida ahamiyat kasb etdi.

Oʻtgan 2013 "Obod turmush yili”da ham tumanimiz xotin-qizlari jamiyat rivojida oʻzlarining faolliklarini namoyon etdilar. Jumladan, mustaqilligimizning 22 yilligi bayrami munosabati bilan tumanimizning turli sohalarida fidoyi mehnat qilayotgan 5 nafar ayol-qizlar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining "Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandilar. Ushbu bayram arafasida oʻtkazilgan "Ayollar sport festivali”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimiz jamoasi sportning voleybol turidan 2-oʻrinni egallashdi, gimnastrada turidan esa ragʻbatlantiruvchi sovgʻaga ega boʻlishdi. 2013-yilda oʻtkazilgan "Eng namunali Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallagan tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimining Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi Nasiba Eshchanova tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

"Orasta qizlar” koʻrik-tanlovining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qizlari oʻrtasida Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Nafosat Rajabova tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida faol qatnashib keldi.

Mamlakatimizda 12 yillik majburiy, bepul taʼlim joriy etilgan boʻlib, unda qizlar taʼlim-tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Yurtboshimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda 2014-yilni "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilishni taklif qilar ekanlar, sogʻlom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat boʻlib oʻsib-ulgʻayishi uchun oʻta muhim, hal qiluvchi mezonlarga, jumladan farzand tarbiyasida oilaning oʻrni, birinchi navbatda onaning roliga, onaning sogʻligiga, ayolni qadrlash, ogʻir ishlardan xalos etish, turli kasalliklardan himoya qilish, ayniqsa qiz bolalar tarbiyasiga, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, erta nikohlarning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish kabi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdilar. Bu ishlar bizning zimmamizga katta masʼuliyat yuklaydi.

Fursatdan foydalanib xotin-qizlar bayrami bilan barcha nuroniy onaxonlarimizni, opa-singillarimizni, dilbar qizlarimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Doimo bahoriy joʻshqinlik, baxt-iqbol yor boʻlishini tilayman.

M.AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

(http://uza.uz)


🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026